Fojia. Turkiyaga sayohatga borgan 4 kişilik oila zaharlanib vafot etdi
18-11-2025, 18:28
1 914 марта

Fojia. Turkiyaga sayohatga borgan 4 kişilik oila zaharlanib vafot etdi
Germaniyaning Gamburg şahridan sayohat uçun Turkiyaning Istanbuliga kelgan 4 kişi (oila azolari) – ota Sarvat Böjek (32 yoş), ona Çiğdam Böjek (27 yoş), 6 yoşli Muhammad Böjek va 3 yaşar Masal Böjek midiya, şörva, kolbasa va tovuq göşti yeganidan keyin zaharlanib vafot etdi. Bu haqda mahalliy va xalqaro matbuot bong urmoqda.Gap şundaki, oila joriy yilning 9 noyabr kuni Sarvat Böjek turmuş örtoği Çiğdam Böjek hamda farzandlari Muhammad va Masal bilan Istanbulga keladi va sayyohlar eng gavjum Fotih tumanidagi “Harbour Suites Old City” mehmonxonasiga joylaşadi.
11 noyabr kuni oila azolari köça taomlari bilan maşhur Ortaköy mavzesiga borib, midiya, kolbasa, şörva va tovuq göşti, kumpir (kartoşka) yeb, keyin mehmonxonaga qaytib, ovqatdan zaharlaniş gumoni bilan şifoxonaga yotqizildi. Ular biroz öziga kelgaç, şifoxonadan çiqarib yuborilgan, biroq mehmonxonaga qaytgaç, yana toblari qoçgan. Şundan söng, oila azolari yana şifoxonaga yotqizilgan. Körilgan çoralar va muolajalar samara bermay, 12 noyabr kuni bolalar olamdan köz yumgan. Oradan ikki kun ötib, 14 noyabr kuni ularning onasi ham vafot etgan. Keyinçalik oila boşi Sarvat Böjek ham vafot etdi.