USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xitoy Hindiston-Pokiston uruşidan öz qurollarini sinovdan ötkazişda foydalandi — AQŞ

295 марта
Xitoy Hindiston-Pokiston uruşidan öz qurollarini sinovdan ötkazişda foydalandi — AQŞ

Xitoy may oyida Hindiston va Pokiston örtasida yuz bergan qurolli töqnaşuvdan foydalanib, Islomobodga yetkazib berilgan bir neçta qurol tizimlarini birinçi marta real jangovar şaroitda sinovdan ötkazdi. Bu haqda AQŞ Kongressining ikki partiyaviy qömitasiga tayanib, The Independent xabar berdi. 


AQŞ-Xitoy iqtisodiy va xavfsizlikni körib çiqiş komissiyasi 18 noyabr kuni elon qilgan yillik hisobotida aytilişiça, may oyida Hindiston va Pokiston örtasida tört kun davom etgan, oxirgi çorak asrdagi eng yirik mojaro Xitoy qurol-aslahalari uçun sinov maydoniga aylangan. Bu töqnaşuvda tomonlar raketa zarbalari, dron hujumlari va oğir artilleriyadan foydalangan. Janglar AQŞ muzokaralari orqali öt oçişni töxtatişga erişilgandan söng ziddiyatli sulh bilan yakunlangan.
Hindiston bu mojaroda frantsuz va rus qiruvçi samolyotlarini işlatgan bölsa, Pokiston turli xil Xitoyda işlab çiqarilgan qurollarni qöllagan.

Qaysi qurollar sinovdan ötdi?

Töqnaşuv Xitoyning zamonaviy qurol tizimlari, xususan:
HQ-9 yerdan havoga uçuvçi raketa tizimi;
PL-15 havo orqali uçuvçi raketa;
J-10S qiruvçi samolyotining real jangovar şaroitdagi debyutiga aylangan.

Hisobotda Xitoyning bu mojarodan öz qurollarining murakkabligini sinovdan ötkaziş va reklama qiliş uçun foydalanganligi takidlangan. Bu esa Pekinning Hindiston bilan davom etayotgan çegaraviy keskinliklari va mudofaa sanoatini kengaytiriş maqsadlari nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega bölgan. Şuningdek, xitoyliklar öz qurol tizimlarining jangdagi muvaffaqiyatlarini zudlik bilan elon qilgani aytilgan.

Uruşning kelib çiqişi

Janglar Hindistonning Kaşmir mintaqasidagi bahsli Himolay hududida yuz bergan va yigirmaga yaqin tinç aholi (asosan sayyohlar) halok bölgan hujumga javoban, çegara böylab terroristlarning öquv bazalari ekani davo qilingan joylarga havo hujumlari uyuştirişi bilan boşlangan. Dehli bu hujumda Pokistonni ayblagan, Islomobod esa ayblovni rad etib, mustaqil tergov ötkazişni talab qilgan.

Pokiston öz qiruvçi samolyotlari mojaroning dastlabki bosqiçlarida, jumladan, yangi sotib olingan Frantsiyada işlab çiqarilgan Rafale samolyotini ham qöşib, kamida oltita Hindiston samolyotini urib tuşirganini davo qilgan. Dehli qança samolyot yöqotganini tasdiqlamagan, ammo yuqori martabali harbiy amaldorlar havo kuçlarining samolyot yöqotişlariga uçraganini tan olgan. Oktyabr oyida Hindiston Havo kuçlari rahbari Amar Prit Singx Pokistonning nomalum miqdordagi Xitoy qiruvçi samolyotlarini, şuningdek, AQŞda işlab çiqarilgan F-16 samolyotlarini urib tuşirganini iddao qilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: