“Koinot gözali – 2025” ğolibasi aniqlandi röyxat orasida Özbekitonliklar bormi?
21-11-2025, 16:13
444 марта

“Koinot gözali – 2025” ğolibasi aniqlandi
Bugun, 21 noyabr kuni Tailandda “Miss Universe – 2025” (“Koinot gözali”) xalqaro gözallik tanlovining yakuniy bosqiçi bölib ötdi va meksikalik Fotima Boş ğoliblikni qölga kiritdi. Bu haqda tanlovning rasmiy sahifalarida elon qilindi.Dunyoning eng gözal qizi tojini unga 2024 yilgi “Miss Universe” sohibasi, daniyalik Viktoriya Teylvig topşirgan. Birinçi vitse-miss deb Tailand vakilasi elon qilingan. Uçinçi, törtinçi va beşinçi örinlar esa Venesuela, Filippin va Kot-d’Ivuardan bölgan iştirokçilarga nasib etgan. Tanlov Bangkokdagi IMPACT körgazma va kongress markazida ötkazilgan.
Fotima Boş ğalabasidan söng bayonot bergan.
“Men uşbu tojni boşimda kötarib yurib, zulmat bölgan joylarga nur olib borişni, qizlar va ayollarga öz ovozining kuçiga işoniş uçun ilhom berişni istardim. Ammo eng avvalo, ular bugun qanday bölsalar, şundayligiça yetarli ekanliklariga işonişsin”, deydi u.