Tramp rejasi: Kiyev hududlarni berişdan boş tortdi
22-11-2025, 14:12
121 марта

Tramp rejasi: Kiyev hududlarni berişdan boş tortdi
Kiyev AQŞ Prezidenti Donald Trampning tinçlik rejasini muhokama qilişga tayyor, ammo Ukraina hududiy suvereniteti savdo predmetiga aylanmaydi. Bu haqda 20 noyabr kuni Nyu-Yorkda bölib ötgan BMT Xavfsizlik Kengaşi brifingida Ukrainaning BMTdagi doimiy vakili örinbosari Kristina Gayovişin malum qildi.Gayovişinning takidlaşiça, Kiyev AQŞ tomonidan Tramp mamuriyati işlab çiqqan tinçlik rejasi loyihasini rasman olgan.
“Biz uruşni adolatli tugatişni taminlaş yölida uşbu reja ustidan işlaşga tayyormiz”, dedi u.
Tramp rejasiga javobda Kiyevning “qizil çiziqlari”
Diplomatning aytişiça, Kiyev konstruktiv muzokaralarga, liderlar darajasidagi muloqotga ham tayyor, ammo bir qator “qizil çiziqlar” bor:
- Ukraina vaqtinçalik okkupatsiya qilingan hududlarni Rossiyaniki sifatida tan olmaydi.
“Bizning yerimiz sotilmaydi”, dedi Gayovişin.
- Kiyev özini himoya qiliş imkoniyatlarini çeklamaydi, şu jumladan, Qurolli Kuçlar soni va qudrati böyiça heç qanday çeklovlarga rozi bölmaydi.
- Ukraina qaysi ittifoqlarga qöşiliş masalasida ham çeklovlarga yöl qöymaydi.
- Ukraina “terror va genotsid” deb baholanayotgan Rossiya tajovuziga qarşi kuraşni davom ettiradi. Bu tajovuz ukrain tili va milliy öziga xosligiga zarba bermoqda, deya qöşimça qildi u.
- Kiyev hali ham “Ukraina haqida – Ukrainaning özi iştirokisiz, Yevropa haqida – Yevropasiz heç narsa hal qilinmaydi” printsipida qatiy turibdi.
“Rosiya iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan ortga çekinişga majbur qilinişi lozim”, dedi Ukraina vakili.