Sobiq prezidentning öğli qölga olindi
24-11-2025, 16:08
109 марта

Qirğizistonda sobiq prezidentning öğli qölga olindi
Qirğizistonda bir neçta siyosiy arboblar va sobiq prezident Almazbek Atambayevning öğli Qodirbek Atambayev qölga olindi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.Qölga olinganlar orasida Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) davlat qöriqlaş xizmati sobiq rahbari Damir Musakeyev, sotsial-demokratlar siyosiy partiyasi yetakçisi Temirlan Sultonbekov, Qirğiziston parlamentining sobiq deputatlari Şaylobek Atazov va Kubaniçbek Qodirov bor.
Içki işlar vazirligi bayonotiga köra, qölga olingan beş nafar şaxs parlament saylovlari yakunlari elon qilingaç, “ommaviy norozilik kayfiyati bor degan tasavvur yaratiş maqsadida mitinglar boşlaşni” rejalaştirgan. Xususan, ular “konstitutsiyaga zid talablar”ni ilgari suriş va “mamuriy binolar, telekanallar, kuç tuzilmalari obektlari, qurol-yaroğ hamda jazoni ijro etiş muassasalarini egallab olişga uriniş”ni közlagan.
IIVning takidlaşiça, uşbu harakatlarga kuç bilan kömaklaşişni “jinoyat olami vakillari” zimmasiga olişi rejalaştirilgan.
“Tintuvlar çoğida qurol-yaroğ, öq-dorilar, granatalar, aloqa vositalari, moliyalaştiriş hujjatlari, harakat rejalari, giyohvand moddalar, şuningdek, 150 ming AQŞ dollari miqdoridagi pul mablağlari musodara qilindi”, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.