Har kuni örtaça 137 nafar ayol turmuş örtoği yoki yaqin qarindoşi tomonidan öldirilgan
26-11-2025, 20:01
251 марта
Har kuni örtaça 137 nafar ayol turmuş örtoği yoki yaqin qarindoşi tomonidan öldirilgan2024 yilda dunyo böylab 83 ming ayol va qiz qasddan öldirilgan. Deyarli har 10 daqiqada, yani har kuni örtaça 137 nafar ayol yoki qiz turmuş örtoği yoki yaqin qarindoşi tomonidan öldirilgan. Bu haqda Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Narkotiklar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi (UNODC) hamda BMT Ayollar taşkiloti tomonidan Xalqaro ayollarga nisbatan zöravonlikka barham beriş kuni munosabati bilan keça, 24 noyabr kuni elon qilingan hisobotda söz boradi.
Qayd etilişiça, öldirilgan ayol va qizlarning 60 foizi (50 ming nafari) ular bilan birga yaşagan erkaklar yoki oila azolari tomonidan öldirilgan. Taqqoslaş uçun: erkaklarga qarşi qotilliklarning atigi 11 foizi oila yoki turmuş örtoği tomonidan sodir etiladi.
Şuningdek, hisobotda Afrikada eng köp ayollar qurbon bölişi qayd etilgan. Afrikadagi har 100 ming ayolga 3 ta ölim holati töğri keladi. Undan keyingi örinni Amerika egallagan.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda 2025 yilning yanvar-avgust oylarida 8 mingga yaqin kişi oiladagi zöravonlik (JK va MJTK böyiça), 1450 kişi esa şahvoniy şilqimlik aybi bilan sudlandi. Bu davrda, şuningdek, 37 ta oilaning nikohi zöravonlik sababi bilan bekor qilindi.