USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Gonkongda dahşatli yonğin. Qurbonlar soni 40 dan oşib ketdi

160 марта

Gonkongda dahşatli yonğin. Qurbonlar soni 40 dan oşib ketdi 


Bugun, 27 noyabrga ötar keçasi Gonkongda yetti qavatli turarjoy binosi yonib ketdi, 40 dan ortiq odam ham yonib halok böldi. Bu haqda “South Çina Morning Post” xabar berdi.
Gonkongning maxsus mamuriy hududi rahbari Jon Li kamida 44 kişi vafot etganini, 270 dan ortiq odam bedarak yöqolganlar sifatida röyxatga olinganini malum qilgan.

Yonğin şaharning şimolidagi Tay Po tumanida joylaşgan turarjoy majmuasida boşlangan. Öt avval bambukdan qurilgan quriliş maxsulotlarida tezda tarqalib, söng yuqori qavatli bir neçta binolarga ötgan. 
Yonğin xavfsizlik xizmati malumotlariga köra, Wang Fuk Court majmuasidagi sakkiz binoning kamida yettitasini olov qamrab olgan. Halok bölganlar orasida yonğin vaqtida aloqasi uzilgan va keyinçalik kuygan holda topilgan bir nafar öt öçiruvçi ham bor.
Hukumat yonğinga eng yuqori – beşinçi darajadagi xavf toifasini bergan. Gonkongda bunday daraja oxirgi bor 2008 yilda qöllangan. Yonğin juda tez tarqalgan bölib, bunga kuçli şamol va uçib ketayotgan çiqindilar sabab bölgan. Yonğinning rasmiy sababi hali aniqlanmagan, lekin mahalliy aholining avvalgi şikoyatlariga köra, binoda tamirlaş olib borayotgan işçilar çekişgan bölişi mumkin.
Yonğinni öçiriş işlarida 700 dan ortiq xodim qatnaşgan. Ertalabgaça bir neçta öçoqlarni töliq bartaraf etiş işlari davom etgan.
Şuningdek, yonğin bilan boğliq holda 52 dan 68 yoşgaça bölgan uç erkak qölga olingan. Ular binoda tamirlaş işlari olib borgan quriliş kompaniyasi xodimlari bölib, ikki nafari rahbar, biri esa muhandis-konsultant ekani aytilmoqda. Politsiyaning malum qilişiça, binolarning taşqi qismida örnatilgan materiallar yonğinga çidamli emasligi aniqlangan. Huquq-tartibot idoralari kompaniya rahbariyatini  beparvolikda ayblab, bu yonğinning nazoratsiz tarqalişiga va köplab qurbonlarga sabab bölganini bildirgan.
Xitoy davlat telekanali xabariga köra, Xitoy yetakçisi Si Tszinpin halok bölganlar va jabrlanganlar oilalariga taziya izhor qilgan.
Wang Fuk Court majmuasi 1983 yilda dengiz böyida va yirik avtomagistrallar yaqinida qurilgan. U sakkizta turarjoy blokidan iborat bölib, jami 1984 ta xonadon mavjud. 2021 yilgi aholi röyxatiga köra, bu yerda taxminan 4600 kişi yaşagan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: