Aviatsiya kuçlari va havo mudofaasini rivojlantiriş kerak – Putin
27-11-2025, 18:50
106 марта

Aviatsiya kuçlari va havo mudofaasini rivojlantiriş kerak – Putin
Kollektiv xavfsizlik töğrisidagi şartnoma taşkiloti (KXŞT) doirasida aviatsiya kuçlari va havo himoyasi tizimini rivojlantiriş masalalari alohida etibor talab qiladi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 27 noyabr kuni Bişkekda Kollektiv xavfsizlik kengaşining kengaytirilgan tarkibdagi yiğilişida malum qildi.“Taşkilotning aviatsiya kuçlari va havo mudofaa tizimini rivojlantiriş masalalari alohida etiborga loyiq, deb hisoblaymiz”, deya takidladi Rossiya Prezidenti.Bildirilişiça, Rossiya maxsus xizmatlar va harbiy bölinmalarni tayyorlaş böyiça qator qöşma tadbirlarni ötkazişni rejalaştirmoqda. Ular orasida navbatdagi “Vzaimodeystviye”, “Eşelon”, “Poisk” maşğulotlari ham bor.
“Tinçlikparvar kuçlarni jalb etiş mexanizmlarini takomillaştiriş böyiça ham köp iş qiliş lozim. Rossiyaning raisligi davridagi asosiy ustuvor vazifalardan biri KXŞTning harbiy sohada texnologik liderligini taminlaşda davlatlarimiz örtasidagi hamkorlikni rivojlantirişdir. Ayniqsa, mudofaa-sanoat korxonalari kooperatsiyasini çuqurlaştirişga alohida etibor qaratamiz”, dedi Putin.Putinning sözlariga köra, Rossiya KXŞTning kollektiv kuçlaridan zamonaviy harbiy tibbiyot yutuqlarini foydalanişni ham qöllab-quvvatlaydi