USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ukrainada Zelenskiy ofisi rahbarining uyi tintuv qilindi

380 марта

Ukrainada Zelenskiy ofisi rahbarining uyi tintuv qilindi

Ukrainada prezident ofisi rahbari Andrey Yermakning uyida tintuv ötkazildi. Bu haqda “Ukrainskaya pravda” naşri xabar berdi.
Tergov harakatlarida Ukraina Milliy korruptsiyaga qarşi byurosi (NABU) va Ixtisoslaşgan korruptsiyaga qarşi prokuratura iştirok etmoqda. Tintuv keng kölamli korruptsiya mojarosi fonida ötkazilmoqda. Mazkur iş davlatga qaraşli “Energoatom” kompaniyasi orqali energetika sohasidan taxminan 100 million dollar mablağni noqonuniy undiriş sxemasi bilan boğliq.
Işga adliya vaziri German Galuşçenko, energetika vaziri Svitlana Xrinçuk, atom energetikasi agentligi mansabdorlari va Davlat tergov byurosining yuqori lavozimli amaldorlari ham aloqador sifatida tilga olinmoqda.
Mojaroning markazida Zelenskiyning yaqin hamkori, sobiq biznes şerigi va tadbirkor Timur Mindiç turibdi. Holat siyosiy maydonda “Mindiçgeyt” nomi bilan tilga olinmoqda. Andery Yermak esa bu işda Korruptsiyaga qarşi milliy byuro va Maxsus prokuratura faoliyatiga tösqinlik qilganlikda ayblanmoqda. Muxolifat Yermakning istefosini talab qilmoqda, biroq Zelenskiy hozirça öz idorasi rahbarini lavozimidan ozod etmoqçi emas.


Şu bilan birga, Yermak yaqinda Jenevada Yevropa ittifoqçi vakillari iştirokida bölib ötgan muzokaralarda Ukraina delegatsiyasiga rahbarlik qildi. Unda AQŞ tomonidan uruşni töxtatiş uçun taklif etilgan 28 bandli reja muhokama qilingan. Andrey Yermak uyida tintuv ötkazilayotganini tasdiqladi.
“Tergovçilarga heç qanday tösqinlik yöq. Ularga kvartiraga töliq kiriş imkoniyati berilgan. Joyida mening advokatlarim bor va ular huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilmoqda. Mening tomonimdan töliq kömak bor”, deb yozdi u Telegram kanalida.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: