4 asr davomida yöqolgan deb hisoblangan rasm qariyb 3 mln yevroga sotildi
2-12-2025, 10:08
101 марта

4 asr davomida yöqolgan deb hisoblangan rasm qariyb 3 mln yevroga sotildi
Flamand rassomi Peter Paul Rubensga tegişli 400 yil davomida yöqolgan deb hisoblangan rasm auktsionda qariyb 3 million yevroga sotildi. Bu haqda “Le Parisien” xabar berdi.Naşrning yozişiça, Peter Paul Rubensning 1613 yilda çizilgan “Xoçga mixlangan Iso” nomli kartinasi qariyb 3 million yevroga sotilgan. Surat hajmi 105,5 × 72,5 sm bölib, u 2024 yil sentyabr oyida Parijda topilgan. Osenat auktsion uyi prezidenti Jan-Per Osenaning malum qilişiça, rasm yaratilganidan köp ötmay ğoyib bölgan va uzoq vaqt davomida yöqolgan asar sifatida qaralgan.
Osenat auktsion uyi savdolari keça, 30 noyabr kuni Versalda ötkazilgan. Lotning boşlanğiç narxi 500 ming yevro bölgan. Natijada rasm komissiya bilan birga 2,9 million yevroga sotilgan. “Le Parisien”ning yozişiça, bu narx unçalik ajablanarli emas, çunki rassomning asarlari odatda bir neça million yevroga baholanadi.
“Xoçga mixlangan Iso” kartinasi 4 asr davomida yöqolgan hisoblangan. Uning qanday qilib Frantsiyaga borib qolgani nomalum. Malum bölgan yagona fakt – XIX asrda uni rassom Vilyam Bugro sotib olgani. Kartina Parijning oltinçi okrugidagi xususiy uyda saqlangan. Uni uyni sotişga qaror qilgan merosxörlar topgan.