Xitoy Yaponiya yaqinida operatsiya ötkazdi
8-12-2025, 12:50
149 марта

Xitoy Yaponiya yaqinida operatsiya ötkazdi
Xitoy aviataşuvçisi Yaponiya yaqinida 100 ga yaqin havo maşğulotlarini amalga oşirdi. Bundan norozi bölgan Yaponiya Xitoy elçisini Taşqi işlar vazirligiga çaqirtirdi. Xitoy esa bu iddaolarni rad etmoqda. Bu ikki qöşni davlat örtasidagi keskinlikni kuçaytirib, diplomatik noroziliklarga sabab böldi. Bu haqda “The Straits Times” naşri xabar berdi.Qayd etilişiça, mazkur töqnaşuvlar Yaponiya Boş vaziri Sanae Takaiçi ötgan oy bergan ogohlantirişidan keyin röy bergan. Öşada Boş vazir agar Xitoyning Tayvanga nisbatan harbiy harakati Yaponiyaning xavfsizligiga tahdid solsa, Tokio javob qaytarişi mumkinligini aytgandi.
Yaponiya Mudofaa Kuçlari malumotiga köra, Xitoyning Liaoning aviataşuvçisi Okinava yaqinidan ötib, Tinç okeanining şarqiy qismiga yöl olgan va hafta davomida qariyb 100 ta harbiy maşğulotlarini bajargan.
Keça, 7 dekabr kuni Yaponiya Taşqi işlar vazirligi Xitoy elçisi Vu Szyanxaoni çaqirib, Xitoy qiruvçi samolyotlari yapon kuzatuv samolyotlariga radar nuri yönaltirgani uçun norozilik bildirdi. Bunday radar yönaltiriş bölajak hujum ehtimoli sifatida baholanadi.
Xitoy elçixonasi Tokioning davolarini rad etdi va aksinça, yapon samolyotlarini Liaoning hamda uni kuzatayotgan uçta raketa-destroyeriga xavf tuğdirganlikda aybladi.
“Elçixona Yaponiya tomonini asossiz ayblovlardan voz keçişga, front çiziğidagi xatti-harakatlarni çeklaşga va bunday holatlarning takrorlanmasligini taminlaşga çaqiradi”, deyiladi bayonotda.