AQŞ Xitoy va Rossiya iştirokida “yadroviy beşlik” tuzişi mumkin – OAV
11-12-2025, 23:25
89 марта

AQŞ Xitoy va Rossiya iştirokida “yadroviy beşlik” tuzişi mumkin – OAV
AQŞ eng yirik yadroviy davlatlar – Rossiya, Xitoy, Hindiston va Yaponiyani öz içiga olgan “yadroviy beşlik” tuzişi mumkin. Bu haqda “Politico” xabar berdi.Naşr manbalariga köra, şu hafta Vaşingtonda ilgari mutlaqo tasavvur qilib bölmaydigan bir ğoya – Xitoy va Rossiya kiradigan “Kalit beşlik” davlatlar guruhi tuziş masalasi muhokama qilingan. “Politico” suhbatdoşlarining fikriça, bunday qaror ananaviy raqiblarni yaqinlaştiradi va hozirgi G7 (“Katta yettilik”) bilan keskin kontrast hosil qiladi.
“Avvallari bu ğoya real bölib körinmasdi, biroq ayrim kuzatuvçilar buning Trampga xos jihatlari borligini aytişmoqda. Birinçidan, Prezident Donald Tramp raqib davlatlar bilan ham bitimlar tuzişga intilgan, masalan Pekinga Nvidia H200 suniy intellekt çiplarini sotişga rozilik bergan, şuningdek öz elçilari Stiv Uitkoff va Jared Kuşnerni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan bevosita muzokara ötkaziş uçun Moskvaga yuborgan”, deyiladi xabarda.Trampning birinçi prezidentlik muddati paytida Oq uyda işlagan va ismi oşkor qilinmasligini söragan şaxsning aytişiça, C5 (AQŞ, Xitoy, Hindiston, Yaponiya va Rossiya) ğoyasi mutlaqo kutilmagan emas.
“C5 yoki C7 tuziş borasida heç qanday rasmiy muhokama bölmagan, biroq G7 tizimi yoki BMT Xavfsizlik Kengaşi kabi mavjud tuzilmalar zamonaviy talablar bilan mos kelmayotgani, yangi öyinçilarning paydo bölişi fonida qayta körib çiqilişi kerakligi haqida, albatta, suhbatlar bölgan”, deydi manba.