Avstriya maktablarida 14 yoşgaça bölgan qizlarga römol öraş taqiqlanadi
12-12-2025, 09:16
100 марта

Avstriya maktablarida 14 yoşgaça bölgan qizlarga römol öraş taqiqlanadi
Avstriyada maktablarda 14 yoşgaça bölgan musulmon qizlarga hijob (römol) öraş taqiqlandi. Parlament tomonidan 11 dekabr kuni qabul qilingan qonun özgartirişiga köra, bu qoida 2026/2027-öquv yili boşidan kuçga kiradi.Integratsiya vaziri Klaudiya Plakolm Vena parlamentida nutq sözlar ekan, bu harakatni qizlarni himoya qiliş yölidagi tarixiy qadam deya baholagan. Qonun matniga köra, taqiq islom ananalariga muvofiq boşni yopuvçi römollarga, jumladan, hijob yoki burqalarga nisbatan qöllaniladi. Konservativ Avstriya xalq partiyasi azosi bölgan Plakolm römolni “zulm belgisi” deb atamoqda.
“Römol zararsiz mato bölagi emas, balki zulm belgisidir. Avstriyadagi heç bir qiz öz tanasini yaşirişi kerak deb öylagan holda ulğaymasligi lozim”, degan u.
Yangi tartibga maktablarni tayyorlaş fevral oyidan boşlanadi. Qoidalar buzilgan taqdirda, quyidagi çoralar körilişi rejalaştirilmoqda:
- maktab rahbariyati qiz va uning ota-onasi bilan uçraşuv ötkazadi;
- oxirgi çora sifatida 800 yevro miqdorda jarima qöllaniladi.