Qaysi mamlakatda eng köp tuğilişlar kutilayotgani aytildi
13-12-2025, 18:46
361 марта

Qaysi mamlakatda eng köp tuğilişlar kutilayotgani aytildi
2025 yil jahondagi barça tuğilişlarning 17 foizi Hindicton hissasiga töğri kelmoqda. Bu haqda BMTning “World Population Prospects” hisoboti malumotlariga tayanilgan holda, “Visual Capitalist” portali malum qildi.
Qayd etilişiça, dunyoda örtaça tuğiliş koeffitsiyenti 1970 yilda ayol boşiga taxminan beş nafar boladan 2025 yilga kelib taxminan ikki nafar bolagaça pasayganiga qaramasdan, bu yil jahondagi barça tuğilişlarning 17 foizi Hindiston hissasiga töğri keladi.
Şu bilan birga, dunyoda aholisi eng köp mamlakatda tuğiliş koeffitsiyenti hududlar böyiça sezilarli darajada farq qiladi. Taxminan 31 ta mamlakatda tuğiliş allaqaçon oddiy aholining özini özi qoplaş darajasidan pastga tuşgan, bu esa hukumatlarni bola körişni rağbatlantiruvçi çoralarni joriy etişga undamoqda.
Xitoy 2025 yilda 8,7 million tuğiliş prognozi bilan ikkinçi örinni egallaydi. Bugun mamlakat dunyoda tuğiliş koeffitsiyenti eng past davlatlardan biri hisoblanadi – ayol boşiga taxminan bir bola, holbuki 1970 yilda bu körsatkiç olti edi.
Undan keyin Nigeriya keladi – 7,6 million tuğiliş. 2050 yilga borib bu raqam prognozlarga köra 8,1 milliongaça ösadi. Xuddi şu davrda Nigeriya AQŞni ortda qoldirib, aholi soni böyiça dunyodagi uçinçi mamlakatga aylanişi kutilmoqda.
Rossiya 2025 yilda 1,2 million tuğiliş bilan dunyoda 23-örinni egallaydi.