Hindistonning eng yirik kompaniyasi Rossiyadan neft xaridini qayta boşladi
25-12-2025, 12:03
173 марта

Hindistonning eng yirik kompaniyasi Rossiyadan neft xaridini qayta boşladi
Hindistonning eng yirik neftni qayta işlovçi kompaniyasi – Reliance Industries Ltd. Gujarat ştatidagi zavodi uçun Rossiya neftini yana sotib ola boşladi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.Korporatsiya sanktsiyalarga tuşmagan yetkazib beruvçilar orqali neftni çegirma bilan xarid qilmoqda. Reliance RusExpor kompaniyasidan Aframax turidagi tankerlarni ijaraga olib, kuniga 660 ming barrel quvvatga ega, asosan, içki bozorga yönaltirilgan neftni qayta işlaş zavodiga xomaşyo yetkazmoqda. Hindiston rasmiylari bahosiga köra, bu qadam dekabr oyida Rossiyadan neft importi ikki baravardan köproq qisqarganini qisman qoplaşga yordam berişi mumkin.
Şu bilan birga, “Bloomberg” hisob-kitoblariga köra, Rossiya nefti eksporti dekabrda 2023 yil mayidan beri eng yuqori darajaga yetgan. Agentlik buni Rossiya korxonalariga uçuvçisiz apparatlar hujumlari sabab neftni qayta işlaş hajmlarining keskin kamaygani bilan izohlaydi.
Reliance 20 noyabrdan Rossiya neftini xarid qilişni töxtatgan edi. Bu qaror Rossiyaga qarşi xalqaro sanktsiyalar bilan boğliq bölib, undan bir oy avval AQŞ “ Rosneft” va LUKOYL’ga nisbatan bloklovçi sanktsiyalar joriy etgan.