Sovuq ölkaga tropik harorat kirib keldi
29-12-2025, 10:49
92 марта

Sovuq ölkaga tropik harorat kirib keldi
Yangi yil arafasida qahraton qiş aksariyat yevropaliklarni qalin kiyimlar va şarflarga burkanişga majbur qilgan bir pallada, qitaning eng sovuq ölkalaridan sanalgan Islandiyada yoz havosi kuzatildi.Islandiya şarqidagi Seydisfordyurda mahalliy mezonlar böyiça haqiqiy jazirama qayd etildi — harorat Tselsiy böyiça 19,8 darajaga kötarildi. Bakkagerdida havo harorati — 19,7 daraja.
Bu Islandiya uçun dekabr oyidagi yangi rekord. Oldingisi 2019 yil 2 dekabrida qayd etilgan, mamlakat janubi-şarqidagi Kviskeryarda 19,7 daraja iliq bölgandi.
Mamlakat meteoxizmati xodimi Birgir Ern Xyoskuldsson bu qiş möjizasi qanday yuzaga kelganini tuşuntirdi. Islandiya şarqidagi kuçli yuqori bosimli hudud orolga tropikdan kelgan nam va ğayrioddiy iliq havoni yönaltirdi. Kuçli şamol tufayli toğlar yaqinida kuçli pastga yönalgan oqim hosil böldi va hududni rekord darajagaça qizdirdi.
Islandiyaning boşqa hududlarida şu kunlari kuçli şamol esib, yomğir şarros quygan.