Moskva Kiyevni Putin qarorgohiga hujumda ayblayapti. Bu Kiyevga hujum uçun bahona bölişi mumkin

Moskva Kiyevni Putin qarorgohiga hujumda ayblayapti. Bu Kiyevga hujum uçun bahona bölişi mumkin
Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina Rossiya prezidentining Novgorod viloyatidagi Valdayda joylaşgan davlat qarorgohiga dronlar yordamida hujum qilganini davo qildi. Biroq Lavrov bu davolarga heç qanday dalil keltirmagan.«Meduza»ning yozişiça, bu malumotga mustaqil tasdiqlar ham mavjud emas.
«2025 yil 28 dekabrdan 29 dekabrga ötar keçasi Kiyev rejimi uzoq masofaga uçuvçi 91 ta dron yordamida Novgorod viloyatida joylaşgan Rossiya prezidentining davlat rezidentsiyasiga terroristik hujum uyuştirdi», – dedi Lavrov Moskvada jurnalistlarga.
Uning aytişiça, halok bölganlar yoki yetkazilgan zarar haqida malumot yöq.
Rossiya Mudofaa vazirligi esa Havo hujumidan mudofaa kuçlari 91 ta ukrain dronini urib tuşirganini malum qildi. Ulardan 41 tasi Novgorod viloyati, 49 tasi Bryansk viloyati va bittasi Smolensk viloyati ustida yöq qilingani aytildi.
Lavrov Rossiya bu hodisaga javob qaytarişini bildirdi:
«Bunday ahmoqona harakatlar javobsiz qolmaydi. Qarşi zarbalar beriladigan obektlar va ularning vaqti Rossiya Qurolli kuçlari tomonidan aniqlab qöyilgan», – dedi u.
Şuningdek, u Rossiya AQŞ bilan muzokaralardan çiqmasligini, biroq pozitsiya qayta körib çiqilişini malum qildi.
«Biz AQŞ bilan muzokara jarayonidan çiqişni rejalaştirmayapmiz. Ammo davlatga nisbatan terrorizmi siyosatiga ötgan jinoiy Kiyev rejimi şaroitida Rossiyaning muzokara pozitsiyalari qayta körib çiqiladi», – dedi Rossiya TIV rahbari.
Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakovning sözlariga köra, Vladimir Putin bu haqda 29 dekabr kuni telefon orqali AQŞ prezidenti Donald Trampni ham xabardor qilgan. Uşakovning aytişiça, Tramp uşbu xabardan şokka tuşgan va «bunday aqldan ozgan harakatlarni tasavvur ham qilmaganini» bildirgan.
Öz navbatida, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Lavrovning bayonotini «Rossiyaning navbatdagi yolğoni» deb atadi. Uning fikriça, Moskva buni Kiyevga zarba beriş uçun bahona sifatida işlatmoqçi.
«Bu Rossiyaning navbatdagi yolğoni. Keça (28 dekabr) Tramp bilan uçraşuv bölib ötdi. Ular bilişadiki, agar bizning AQŞ bilan muammolarimiz bölmasa, bu – Ukraina uçun yaxşi va rossiyaliklar uçun mağlubiyat. Ular uruşni tugatişni istamaydi va bosim orqaligina bunga majbur bölişi mumkin. Şu sababli, ular bunga bahona qidirdi», – dedi Zelenskiy jurnalistlarga.