USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Saudiya Arabistoni Yaman portini bombardimon qildi

292 марта

Saudiya Arabistoni Yaman portini bombardimon qildi

Bugun, 30 dekabr kuni Saudiya Arabistoni harbiylari Yaman hududidagi Mukalla port şahrini bombardimon qildi. Bunga sabab sifatida Birlaşgan Arab Amirliklaridan (BAA) qurol-yaroğ yetkazilgani körsatildi. Bu haqda SPA xabar berdi.

Qayd etilişiça, Saudiya Arabistoni boşçiligidagi koalitsiya BAAdan borgan ikki kema orqali qurol olib kirilgani bois Yamaning Mukalla port şahriga havo zarbalari bergan. Xabarda aytilişiça, qurol-yaroğning xavfi va u keltirib çiqarayotgan keskinlaşuv, xavfsizlik va barqarorlikka tahdidni inobatga olib, bugun, 30 dekabr kuni ertalab koalitsiya harbiy-havo kuçlari portdagi ikki kemadan tuşirilgan qurol va harbiy texnikani yöq qilişga qaratilgan çeklangan harbiy amaliyot ötkazgan.
Malumotlarga köra, al-Fujayra portidan çiqqan ikki kema ruxsatsiz ravişda Mukalla portiga kirgan, kuzatuv tizimlarini öçirgan va Janubiy Yaman ötiş kengaşi (JOK) kuçlarini qöllab-quvvatlaş uçun qurol-yaroğ tuşirgan. Koalitsiya bu harakatlarni sulh bitimlari va BMT Xavfsizlik Kengaşi rezolyutsiyalarining buzilişi sifatida baholagan.
Xabarlarga köra, Janubiy Yaman ötiş kengaşi Saudiya Arabistonini Yaman portiga berilgan havo zarbasidan söng tajovuzda ayblagan.
“Nima bölgan bölsa, Mukallada Saudiya Arabistoni tomonidan amalga oşirilgan bir tomonlama agressiyadir”, deyiladi bayonotda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: