Eron qurol-yaroğni kriptovalyutada sotmoqçi
2-01-2026, 20:53
81 марта

Eron qurol-yaroğni kriptovalyutada sotmoqçi
Eron Mudofaa vazirligining Eksport markazi – Mindex xorijiy hukumatlarga zamonaviy qurol-aslaha yetkazib beriş böyiça şartnomalarni kriptovalyuta va eron riali orqali tölaş şarti bilan taklif qildi. Şuningdek, idora barter kelişuvlari tuzişga ham tayyor. Bu haqda Mindex materiallariga tayanib, “Financial Times” xabar berdi.Naşrning qayd etişiça, bu – davlat darajasida strategik harbiy texnika eksporti uçun kriptovalyutani qabul qilişga tayyorligini oçiq elon qilgan ilk holatlardan biri hisoblanadi. Şu yöl bilan Eron hukumati Ğarb moliyaviy çeklovlarini çetlab ötişga urinmoqda.
Mindex 30-35 ta davlat bilan hamkorlik qilayotganini bildiradi. Eksport qurollari katalogiga Emad ballistik raketalari, Şahed dronlari, Şahid Soleimani sinfidagi harbiy kemalar va yaqin masofali havo mudofaa tizimlari kiritilgan. Bir neça tillarda işlaydigan markaz saytida, şuningdek, yengil öqotar qurollar va kemaga qarşi qanotli raketalar ham taklif etiladi. Ğarb davlatlari va BMT malumotlariga köra, bu qurollarning ayrim turlari Yaqin Şarqda Tehron qöllab-quvvatlayotgan guruhlar tomonidan işlatilgan.
Mindex xaridorlar qurollardan “boşqa davlat bilan uruş vaqtida foydalaniş” böyiça şartlarga rozi bölişi kerakligini körsatadi, biroq bu bandlar “tomonlar örtasida muzokara predmeti bölişi mumkinligi” ham takidlanadi.
Ananaviy moliyaviy tizimlar orqali Eronga tölovlarni amalga oşiradigan tomonlar AQŞ, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaning ikkilamçi sanktsiyalari ostida qolişi mumkin. “Financial Times”ning yozişiça, AQŞ rasmiylari avvalroq Eronga raqamli aktivlardan neft savdosi va “soya bank” tarmoqlari faoliyati uçun foydalanişda ayblovlar qöygan.