Xayrli tadqiqotlar ortidagi ofatlar: ularning asl sabablari hanuz mavhumligiça qolmoqda
4-01-2026, 12:18
286 марта

Xayrli tadqiqotlar ortidagi ofatlar: ularning asl sabablari hanuz mavhumligiça qolmoqda
1923 yil yozida jahon arxeologiyasi tarixida olamşumul yangilik sodir böldi. Angliyalik Xauard Karter boşçiligidagi ilmiy guruh azolari Misr firavini Tutanhamon dafn etilgan va uning boyliklari yaşirilgan xonaning maxfiy eşigini topib, içkariga kirişdi. Dahmadagi qazişma va tadqiqot işlari qariyb olti yil davom etdi. Ammo baayni öşa kezlar ekspeditsiya xodimlariga birin-sirin köz tegib, çor tarafda aql bovar qilmas hodisalar kuzatila boşlandi...Eng avvalo, ekspeditsiyaga homiylik qilgan lord Karnarvon qöqqisdan vafot etdi. U jon berişi arafasida Qohira elektr tarmoği falokatga yuz tutdi. Biroq bu hodisaning ham, lordning ölimi sababini ham aniqlaşning iloji bölmadi.
Hayal ötmay, Karnarvonning rafiqasi Almina zaharli çivin qurboniga aylandi. Basma-basiga lordning ögay akasi, hamşirasi hamda amerikalik milliarder, suratkaş, şifokor, hayajonli va unutilmas daqiqalarda Tutanhamonning mömiyolangan jasadini tasvirga tuşirgan Artur Meys ham omonatini topşirdi.
Firavn tobutini oçişda Xauardga yordamlaşgan yigitlardan birining yostiqdoşi banogoh özini derazadan yerga taşlab, halok böldi. Dahmada qazişma işlari nihoyasiga yetgan 1929 yili Karterning kotibi Riçard Betepl öz töşagida jonsiz holatda topildi. Uning 87 yoşli otasi bu musibatga çidolmay, qaltis yölni tanladi. Özini yettinçi qavatdan pastga otib, umr xatiga abadul-abad nuqta qöydi. Tobut ortilgan arava esa qabriston yölida yoş gödakni bosib ketib, uning hayot yulduzi erta sönişiga sababçi böldi. 1939 yilga kelib, Karter ham omonatini topşirdi.
Alqissa, 16 yil içida ekspeditsiyaning, xoh yoş-xoh keksa bölsin, öttiz nafar azosidan birortasiyam tirik qolmadi, barçasining qismati fojiali yakun topdi. Ajabo!
Yöq, bu hali hammasi emas. Tutanhamon dahmasidan topilgan bebaho yodgorliklar 1972 yili Londondagi körgazmaga keltiriladi. Qarangki, ularni olib kelgan samolyot uçuvçisi va bort muhandisi yurak xurujiga uçrab, jon taslim qilişdi. Ekipajning qolgan azolari esa ming bir balo-qazoga giriftor bölişdi.
Şunga öxşaş köngilsizlik 1978 yili ham qaytalandi. AQŞda oçilgan körgazmada Tutanhamon boyliklarini San-Frantsisko politsiyasi leytenanti Jorj Lebraş qöriqlay boşladi. Qöriqladi-yu, oradan bir yil ötar-ötmas, qöl-oyoği şol bölib qoldi...
Qisqasi, kimki Tutanhamon yodgorliklarini topgan yoki ularga yaqinlaşgan bölsa, közga körinmas qandaydir ilohiy kuç oldida «hisobot» berardi. Aksariyati sirli tarzda olamdan ötar, qolganlari bedavo dardga mubtalo bölib, töşakka mixlanardi. Ustiga-ustak, bu hodisalarning asl sabablari aniqlanmay qoldi. Oqibatda xalq orasida uzunquloq gap-sözlar urçigandan urçiydi. Hatto ekspeditsiya azolari şaniga bemavrid toş otuvçilar ham paydo böladi.
Masalan, bir guruh kişilar «Xauard Karter heç qanday kaşfiyot qilmagan, aksinça, şon-şuhrat qozoniş uçun soxtakorlikka qöl urgan» qabilidagi fikrni örtaga taşlaşdi. Ularning takidlaşiça, dahmadan topildi deb elon qilgan buyum-jihozlar haqiqiy emas, balki misrlik zamonaviy zargarlar tomonidan yasalgan nusxalari emiş. Bu qalloblikni uyuştirganlar esa, kirdikorlari foş bölib qolişidan çöçib, qaltis çoralarni qöllaşganmiş. Bölgan voqeani oğzilaridan gullab qöymasliklari uçun ekspeditsiya azolariga suiqasd uyuştirib, ularni birma-bir yöqotişgan emiş.
Sankt-peterburglik taniqli sanatşunos Andrey Puninning uqtirişiça, bu iddaolar puç davodan bölak narsa emas. Sababi, birinçidan, dahmadan topilgan deya taqdim etilgan buyumlar rostdanam qalbaki bölsa, ularni tayyorlaş uçun butun boşli hunarmandlar guruhi kamida beş yil tinmay ter tökişi kerak edi. Ikkinçidan, zamonaviy hunarmandlar firavnlarning buyuk madaniyatiga mansub yodgorliklar – Qohiradagi eng yirik muzeyda saqlanayotgan osori atiqalarning aynan öziga öxşaş yangi nusxalarini yaratişga qodir emas. Uçinçidan, Tutanhamon tobuti qöyilgan xona eşigini oçiş vaqtida Angliyaning «Tayms» gazetasi muxbiri, radio va fotojurnalistlar, kinoçilar, matnşunoslar, kimyogarlar, laborantlar va boşqa kasb egalari ham iştirok etişgan. Jarayonni boşdan-oyoq kuzatib, köp narsalarning şohidi bölişgan. Lekin keyinçalik ular heç qanday falokatga duçor bölmagan, biron-bir tazyiq yoki taqibga uçramagan. Bu esa dahma aslida oçilmagani, qimmatbaho buyum-jihozlar yasamaligi, qalloblik taşkilotçilari guvohlarni yöqotişga kirişgani haqidagi taxminlar asossizligidan dalolat beradi.
Mantiqan qaraganda, Andrey Puninning mulohazalarida jon bor. Şu bois unga qöşilganlar Xauard Karter öz işi bilan qadimşunoslik rivojiga ulkan hissa qöşgan degan fikrni bildirib kelişyapti. Ayrim kişilar esa hamon buni tan olişni istamaydi. Ölganning ustiga tepganday, qay birlari bu kaşfiyot emas, közböyamaçilik degan xulosalarida sobit qolmoqda, qay birlari esa Xauard Tutanhamonning ruhini bezovta qilgani bois qarğişga uçradi, boşqalarga kasofati urdi, degan davoni olğa surmoqda.
Qandayligidan qati nazar, Xauard Karterning tadqiqotlari natijasida qölga kiritilgan malumotlar Misr tarixi va firavnlar hayotini örganişda muhim ahamiyat kasb etadi. Faqat bitta afsuslanarli jihati, ekspeditsiya azolarining keyingi taqdiriga oid noxuşliklar sababi hali hamon jumboqligiça qolyapti.
A.Haydarov.