KXDR ballistik raketa uçirdi – Yaponiya
4-01-2026, 17:07
113 марта

KXDR ballistik raketa uçirdi – Yaponiya
Bugun, 4 yanvar kuni Yaponiya Dengiz xavfsizligi xizmati Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) tomonidan yana bir ehtimoliy raketa uçirilganini aniqladi. Bu haqda NHK xabar berdi.Qayd etilişiça, raketa uçirilişi haqidagi birinçi ogohlantiriş mahalliy vaqt bilan 07:57 da, ikkinçisi esa 08:08 da elon qilingan.
“Mudofaa vazirligi malumotlariga köra, KXDR hududidan uçirilgan va ballistik raketa bölişi mumkin bölgan obekt, ehtimol, allaqaçon qulab tuşgan. Kemalarga keyingi malumotlarni diqqat bilan kuzatiş, şuningdek, ehtimoliy qulayotgan jismlar aniqlangan taqdirda ularga yaqinlaşmaslik va bu haqda Yaponiya sohil qöriqlaş xizmatiga xabar beriş tavsiya etiladi”, deyiladi Yaponiya Dengiz xavfsizligi xizmati xabarida.Yaponiya Mudofaa vaziri Sindziro Koidzumining aytişiça, KXDR tomonidan uçirilgan ballistik raketalar 950 kilometrgaça masofani bosib ötgan va parvozning maksimal balandligi 50 kilometrni taşkil etgan.
“Birinçi raketa taxminan mahalliy vaqt bilan 07:54 da uçirilgan, parvozining maksimal balandligi qariyb 50 kilometr bölgan va taxminan 900 kilometr masofani bosib ötgan. Ikkinçi raketa esa taxminan 08:05 da uçirilgan, maksimal balandligi qariyb 50 kilometr bölib, taxminan 950 kilometr masofani bosib ötgan. Şuningdek, har ikkala ballistik raketa ham manevrli trayektoriya böylab uçgan bölişi mumkin, bu boradagi tahlil hozirda davom etmoqda”, deydi vazir.