Tramp AQŞ Grenlandiya ustidan nazorat qilişi kerakligini aytdi
5-01-2026, 09:45
174 марта

Tramp AQŞ Grenlandiya ustidan nazorat qilişi kerakligini aytdi
AQŞ prezidenti Donald Tramp Venesuela prezidenti qölga olinişi haqida gapirar ekan, boşqa davlatlar ham Amerika aralaşuviga duçor bölişi mumkinligini aytdi. Bu haqda Reuters xabar qildi.Qayd etilişiça, Qöşma Ştatlar prezidenti Daniya tarkibiga kiruvçi Grenlandiya ustidan ham nazorat kerakligini takidlagan. U boşqa mamlakatlar ham bunday aralaşuvga uçraşi mumkinligini gapirgan.
Tramp şanba kuni AQŞ kuçlari Venesuela yetakçisi Nikolas Maduro va uning rafiqasi qölga olganidan keyin uşbu davlat vitse-prezidenti Delsi Rodrigesga u töğri iş tutmasa, ehtimol, Madurodan ham kattaroq “badal” tölaşi mumkinligini bildirgan.
Tramp Maduroni kuç bilan qölga oliş haqidagi qarorini himoya qilib, şunday degan: “Bilasizmi, bu — qayta quriş yoki rejimni özgartirişmi — nima deyişni xohlasangiz şunday, bundan battari bölmaydi”.