Ramzan Qodirov uni qölga olişga çaqirgan Zelenskiyga javob qaytardi
8-01-2026, 09:30
1 300 марта

Ramzan Qodirov uni qölga olişga çaqirgan Zelenskiyga javob qaytardi
“Masxaraboz AQŞ hukumatiga meni öğirlaşni taklif qilmoqda. Etibor bering, erkak kişiga öxşab, hatto özim qilaman, deb döq ham qilmadi. Bunday fikrni xayoliga ham keltirmadi. Zelenskiy qörqoqlarça özini çetga olib, xavfsiz masofadan turib, uni xafa qilgan dahşatli ‘amakisi’ Ramzan Qodirovni boşqalar qanday jazolaşini kuzatişga qarşi emasligini bildirdi.
Bu şayton nimalarni qilib körmadi: meni qidiruvga berdi, sanktsiyalar kiritdi. Endi amerikaliklarga yolvorib, qurol-yaroğ bilan yordam bermadingiz, heç bölmasa Ramzanni öğirlab keting, demoqda”, deb yozdi Qodirov.Çeçeniston rahbari Zelenskiyning çaqiriqlari uruşni töxtatiş böyiça tinçlik kelişuvlarini buzişini davo qildi.
“Eslatib qöyay, Zelya: duşman respublikamizga kirişi mumkin, lekin çiqib ketolmaydi. Özing tavakkal qilib körasanmi?” dedi Qodirov.