USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya 2025 yilda Ukrainaning bosib olingan hududlarida yetiştirilgan 2 mln tonna donni eksport qildi

238 марта
​​​​

Rossiya 2025 yilda Ukrainaning bosib olingan hududlarida yetiştirilgan 2 mln tonna donni eksport qildi

Rossiya 2025-yili Ukrainaning vaqtinça bosib olingan hududlarida yetiştirilgan 2 million tonnadan ortiq don mahsulotlarini xorijga eksport qilgan. Bu haqda Ukraina Taşqi razvedka xizmati xabar berdi.

Malum qilinişiça, bu mahsulotlar “rus doni” sifatida rasmiylaştirilgan hamda jahonning turli qismlariga yetkazib berilgan. Jarayonda asosan Azov va Qora dengizdagi port infratuzilmasidan foydalanilmoqda. Xususan, Sevastopol dengiz porti bu borada muhim rol öynayapti.

Şu bilan birga, Rossiya Ukraina doni yetkazib berilayotgan davlatlar geografiyasini ham ança kengaytirgan. Jumladan, yilning ikkinçi yarmida eksport qilingan 1,4 million tonna mahsulotning 53,6 foizi Misr va Bangladeş (250 ming tonna) hissasiga töğri kelgan. Şuningdek, Livan (78,1 ming tonna) va Turkiya (96,7 ming tonna) ham yirik xaridorlar qatorida bölgan. Bundan taşqari, Suriya ham bir muddat töxtab qolgan don importini qayta tiklagan.
Don hosilini yiğib oliş jarayoni, Ukraina
Foto: AFP
Razvedka malumotlariga köra, Rossiya don mahsulotlarini Jibuti, Saudiya Arabistoni va Vetnamga ham yetkazib bergan. Hatto Bolqon mintaqasidagi ayrim davlatlar ham nisbatan kiçik hajmlarda import qilgan. Jarayonda sanktsiyalarni çetlab ötiş uçun “kemadan kemaga” sxemasidan foydalanilgan. Yani don dengizdayoq boşqa kemaga ortilib, şu orqali mahsulotning kelib çiqiş joyi yaşirilgan.

Ukraina taşqi işlar vaziri Andriy Sibiganing malum qilişiça, Rossiya nafaqat neft, balki dron eksporti uçun ham “soya floti” tuzgan. U ham, şuningdek, birgina 2025 yilning özida bosib olingan hududlardan qariyb 2 million tonna don öğirlanganini takidlagan. Bu mahsulotlarning bir qismi Rossiyaning içki bozoriga yönaltirilsa, qolgani Afrika, Osiyo, ayniqsa, Yaqin Şarq böylab tarqaladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: