AQŞ harbiy flotiliyasi Eron tomonga yöl oldi – Tramp
24-01-2026, 08:57
92 марта

AQŞ harbiy flotiliyasi Eron tomonga yöl oldi – Tramp
AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamlakatining katta harbiy floti Yaqin Şarqqa yöl olayotganini malum qildi. Bu haqda u keça, 23 yanvar kuni “Air Force One” bortida jurnalistlar bilan suhbatda aytib ötdi.“Men heç narsa sodir bölmasligini istardim. Ammo biz vaziyatni juda diqqat bilan kuzatyapmiz. Juda katta flot uşbu yönalişda harakatlanmoqda. Balki undan foydalanişga hojat ham qolmas. Köramiz”, degan Tramp.
Isroilning “Haaretz” naşri ikki nafar amerikalik rasmiyning sözlariga tayanib xabar berişiça, AQŞ Yaqin Şarqqa USS Abraham Lincoln aviatsiya taşuvçi kemasini, şuningdek, esminetslar va qiruvçi samolyotlarni ham yuborgan. Ular ötgan hafta Osiyo-Tinç okeani mintaqasini tark etgan va “yaqin kunlarda” Yaqin Şarqqa yetib borişi kutilmoqda.
“The Jerusalem Post” naşri 19 yanvar kuni aviatsiya taşuvçi kema va zarba beruvçi guruhlar Malayziya va Indoneziya örtasida joylaşgan Malakka böğoziga yetib kelganini yozgan.
Eron bilan keskinlik kuçaygan bir paytda, Isroil Mudofaa armiyasi Boş ştabi boşliği, general Eyal Zamir Isroil har qanday tahdid soluvçi duşmanga qarşi harakat qilişga tayyor ekanini malum qilgan.
Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi qömondoni, general Muhammad Pakpur esa AQŞ va Isroilni “har qanday xatolarni çuqur öylab körişga” çaqirgan. Uning aytişiça, aks holda yanada oğir oqibatlarga duç kelişlari mumkin.
“Qöriqçilar korpusi va Eron hozir har qaçongidan ham köproq jangovar şay holatda. Biz Oliy boş qömondonning buyruq va körsatmalarini bajarişga tayyormiz”, degan Pakpur.