Özbekiston prezidenti Anqarada rasmiy kutib olindi
29-01-2026, 19:38
146 марта

Özbekiston prezidenti Anqarada rasmiy kutib olindi
Turkiya Respublikasi Prezidentining Anqara şahridagi Oqsaroy qarorgohida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötdi.Davlatimiz rahbarini Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdöğon kutib oldi.
Maydonda oliy martabali mehmon şarafiga faxriy qorovul saf tortdi. Prezidentlar Şavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdöğon şohsupaga kötarildilar. Harbiy orkestr ijrosida ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi. Yetakçilar faxriy qorovul safi oldidan ötib, rasmiy delegatsiyalar azolarini qutladilar.
Ayni daqiqalarda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari bölib ötmoqda. Tomonlar Özbekiston – Turkiya keng qamrovli strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaş masalalarini muhokama qilmoqda.