Trampning iltimosiga qaramay, Rossiya Ukrainaga yana zarba berdi
31-01-2026, 08:31
315 марта

Trampning iltimosiga qaramay, Rossiya Ukrainaga yana zarba berdi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan sovuq ob-havo sabab Ukrainaga hujum qilmaslik böyiça kelişuvga erişganini malum qilgandi. Biroq uşbu oğzaki kelişuvga qaramay, bugun, 30 yanvar kuni Rossiya Ukraina hududiga hujum uyuştirdi. Bu haqda “Deutsçe Welle” xabar berdi.Qayd etilişiça, 30 yanvar kuni tong paytida Rossiya armiyasi Ukraina böylab 111 ta dron hamda bitta “Iskander-M” ballistik raketasi yordamida kun davomida zarbalar bergan.
Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati (SÇS) malumotiga köra, Xarkov şahri çekkasida joylaşgan fuqarolik ombori binosiga raketa zarbasi berilişi oqibatida kuçli yonğin kelib çiqqan. Yonğin 5 ming kvadrat metrdan ortiq maydonni qamrab olgan bölib, uni öçirişga 80 dan ziyod qutqaruvçi jalb etilgan.
Mazkur hujum Rossiya va Ukraina infratuzilmasiga zarbalarni vaqtinça töxtatiş böyiça kelişuvga erişilgani haqidagi xabarlar tarqalganidan bir neça soat ötib sodir bölgan.
Moskva AQŞ va Rossiya yetakçilari örtasidagi muloqotni tasdiqladi. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning bildirişiça, Tramp şaxsan Vladimir Putindan 1 fevralga qadar Kiyevga hujum qilmaslikni söragan. Putin amerikalik mavqedoşining iltimosiga rozilik bildirgan. Biroq Kreml vakili bu kelişuv faqat energetika infratuzilmasiga zarbalarni töxtatişga taalluqlimi yoki barça hujumlarni qamrab oladimi, bu borada aniqlik kiritişdan boş tortgan.