“Siti” futbolçisining uyi talon-toroj qilindi
31-01-2026, 14:58
708 марта

“Siti” futbolçisining uyi talon-toroj qilindi
“Mançester Citi” himoyaçisi Ruben Diaşning uyi Çempionlar ligasi doirasida Turkiyaning “Galatasaroy” jamoasiga qarşi uçraşuv vaqtida talon-toroj qilindi. Bu haqda “Globo” naşri xabar berdi.Joriy yilning 28 yanvar kuni “Mançester Citi” Çempionlar ligasi asosiy bosqiçining sakkizinçi turida öz maydonida “Galatasaroy”ni 2:0 hisobida mağlub etdi. Portugaliyalik himoyaçi Ruben Diaş jarohati sabab uşbu uçraşuvda iştirok etmadi.
Manbaga köra, futbolçi öyindan söng mahalliy vaqt bilan soat 23:10 atrofida uyiga qaytib, uning uyiga öğirlik qilinganini aniqlagan. Öğrilar zargarlik buyumlari, elektron qurilmalar, kiyim-keçak va boşqa qimmatbaho buyumlarni olib ketgan.
Taxminlarga köra, qiymati qariyb 4 million funt sterling (taxminan 4,6 million yevro) bölgan uy videokuzatuv kameralari, signalizatsiya tizimi hamda elektr darvozalar bilan jihozlangan bölgan. Hodisa yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan tergov işlari olib borilmoqda.
Malumot uçun, 28 yoşli Ruben Diaş 2020 yildan buyon “Mançester Citi” safida töp surib kelmoqda. U ingliz klubiga Portugaliyaning “Benfika” jamoasidan köçib ötgan. Joriy mavsumda himoyaçi klub safida barça musobaqalarda 25 ta öyinda maydonga tuşib, 2 ta gol muallifi böldi.