Qozoğiston bir qator rossiyalik deputatlarning mamlakatga kirişini taqiqladi
3-05-2025, 11:28
131 марта

Qozoğiston bir qator rossiyalik deputatlarning mamlakatga kirişini taqiqladi
Joriy yilning 27 aprel kuni Rossiya MDH mamlakatlari instituti xodimi va tarixçi Andrey Grozin Ostonaga yetib kelgaç, Qozoğiston hududiga kirişiga ruxsat berilmadi. Garçi u aprel oxirida Qozoğiston-Rossiya munosabatlarini muhokama qilişga bağişlangan bir qança tadbirlarda iştirok etiş uçun rasmiy taklif olgan bölsa-da, uning Qozoğistonga kirişi taqiqlangan şaxslar röyxatida ekani malum qilindi. Qozoğiston OAVlariga bergan izohida Grozin unga bu qaror sabablari rasman tuşuntirilmaganini aytdi. Andrey Grozinning Qozoğistonga kirişiga ruxsat berilmagani Qozoğistonning ayrim “nomaqbul şaxslar” röyxatiga ega ekanligini körsatdi. “Deutsçe Welle” bu ikki davlat öz hududida kimlarning bölişini istamasligi masalasini örgandi.
Kimlarga Qozoğistonga kiriş taqiqlangan?
Rasmiy darajada Grozinga rad etiş sabablari izohlanmagan, biroq norasmiy manbalar DW’ga ayrim tafsilotlarni oçiqladi. Qozoğiston hukumati vakillaridan biri Grozin öz çiqişlarida ehtiyotkor bölişi kerakligini takidlagan.
“Özini tarixçi deb tanitayotgan Grozin janob Töqayevning obrösiga putur yetganini aytgan, hokimiyatga göyo “Turkiston legioniga” mayl bildiruvçi “natsiklar” (millatçilar) kelgan deb iddao qilgan edi. U, şuningdek, qozoqlar mentalitetini haqoratlab, ularni qöşnilarining molini öğirlab, uylarini yoqib yuboruvçi sifatida tasvirlagan. Ideologik jihatdan Qozoğistonni 2014 yilgi Ukraina darajasiga tenglaştirgan edi. U unutgan bölişi mumkin, ammo bizning yodimizda”, dedi hukumatdagi manba.
Manbaga köra, Qozoğistonga kiriş taqiqlangan şaxslar röyxati mavjud, biroq bu röyxat yopiq va töliq tarkibi nomalum. Uning aytişiça, ilgari bu röyxatda şartli ravişda Vladimir Jirinovskiy birinçi örinda turgan. Hozirgi kunda esa Tina Kandelaki, Tigran Keosanyan, Aleksandr Dugin, Nikita Mendkoviç, Davlat Dumasi deputatlari Yevgeniy Fedorov, Vyaçeslav Nikonov va Petr Tolstoy, şuningdek, Konstantin Zatulinga ham kiriş taqiqlangan.
“Ular mamlakatimiz va rahbariyatimiz haqida salbiy fikr bildirgan”, dedi manba.
U, şuningdek, röyxatda faqat rossiyaliklar emas, boşqa davlat fuqarolari ham borligini aytgan.
Rossiya ham yopilmoqda
Qozoğistonlik siyosatşunos Doniyor Aşimbayev bu amaliyotni şubha ostiga olgan. Uning fikriça, ayniqsa rasmiy tadbirlarga taklif etilgan şaxslarga nisbatan bunday taqiqlar notöğri.
“30 yil davomida Qozoğiston böyiça ötkazilgan tadbirlarda bor-yöği beş nafar frantsuz, bir neça amerikalik, nemis ekspertlarini körganman. Rossiyadan esa faqat bir odam bilan muloqot qilganman”, deydi u.
Aşimbayevning sözlariga köra, Rossiyada Qozoğiston va Markaziy Osiyo böyiça mutaxassis bölgan 10 nafarga yaqin ekspert bor, ulardan yarmi heç qaçon mintaqada bölmagan.
Rossiyaning özi ham ayrim qozoğistonliklarga nisbatan kiriş taqiqlari joriy qilgan. Tarixçi Jaqsiliq Sobitovning DW’ga aytişiça, u Rossiyaga kirişi taqiqlangan kamida 10 nafar kasbdoşlari borligini biladi. Bazilari bu haqida çegaradan ötayotganda, boşqalari esa Rossiya aviakompaniyalaridan çipta xarid qilişga urinayotganda bilgan.
“Bu holatlar ayniqsa 2022 yildan söng kuçaydi, odamlar Facebook va Instagram’da öz fikrlarini oçiq ayta boşladi. Endi nafaqat tarixçilar, balki boşqa kasb egalari ham bundan jabr körmoqda”, dedi u.