Rossiya Afğonistondan ham migrantlarni jalb qilmoqçi
2-02-2026, 18:33
242 марта

Rossiya Afğonistondan ham migrantlarni jalb qilmoqçi
Rossiya Afğonistondan mehnat migrantlarini jalb qiliş böyiça muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Afğonistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining Rossiyadagi elçisi Gul Hasan TASSga malum qildi.Uning sözlariga köra, ijobiy natijalarga erişiş uçun asoslar mavjud. Afğoniston yoş, malakali va professional kadrlarni taklif qilişga tayyor.
Şu bilan birga, tomonlar aviaqatnovlarni kengaytiriş ustida ham işlamoqda. Gap Kam Air aviakompaniyasi tomonidan Qobul va Moskva örtasida töğridan töğri reyslarni yölga qöyiş haqida bormoqda. Diplomatning malumotiga köra, bunday parvozlarni “yaqin kelajakda” kutiş mumkin. Hozirda poytaxtlar örtasida Ariana Afghan Airlines aviakompaniyasi haftasiga bir marta “Şeremetevo” aeroportidan parvoz amalga oşirmoqda.