Töqayev qiruvçi samolyotlar kuzatuvida Pokistonga bordi
3-02-2026, 22:23
120 марта

Töqayev qiruvçi samolyotlar kuzatuvida Pokistonga bordi
Bugun, 3 fevral kuni Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev davlat taşrifi bilan Pokistonga bordi. Bu haqda Oqörda matbuot xizmati xabar berdi.“Pokiston havo hududida Qozoğiston Prezidenti bortini harbiy-havo kuçlari qiruvçi samolyotlari kuzatib bordi”, deyiladi Oqörda xabarida.Islomobod aeroportida Qosim-Jömart Töqayevni Pokiston Prezidenti Osif Ali Zardori va Boş vazir Şahboz Şarif kutib olgan. Yuqori martabali mehmon şarafiga poytaxt aeroportida faxriy qorovul saf tortgan va artilleriya qurollaridan 21 marotaba tantanali öq uzilgan.