“Uruş boşlandi”. AQŞ Arab dengizida Eron dronini urib tuşurdi
4-02-2026, 13:09
537 марта

“Uruş boşlandi”. AQŞ Arab dengizida Eron dronini urib tuşurdi
Amerika Qöşma Ştatlari harbiylari Arab dengizi hududida Eronga tegişli bölgan uçuvçisiz uçiş apparatini (dronni) urib tuşirganini rasman malum qildi.Mazkur hodisa mintaqada AQŞ harbiy iştirokining kuçaytirilişi, havo tahdidlariga qarşi çoralar köriş va xalqaro dengiz savdo yöllari xavfsizligini taminlaş fonida sodir bölgan. Şu bilan birga, Vaşington va Tehron örtasidagi keskinlik yangi bosqiçga kirganini körsatmoqda.
Sönggi voqealarga munosabat bildirgan AQŞ Markaziy qömondonligi rahbari, general Bred Kuper Eron tomonidan xalqaro suvlar va havo hududlarida yuzaga keltirilayotgan doimiy bosim va tahdidlarni endi toqat qilib bölmasligini takidlagan.
Markaziy qömondonlik vakili, kapitan Tim Xokins ikki harbiy töqnaşuv tafsilotlarini oçiqlagan. Uning sözlariga köra, keça, 3 fevral kuni AQŞning F-35S rusumli qiruvçi samolyoti Eronning Şahed-139 turidagi dronini urib tuşirgan. Uşbu dron Arab dengizida harakatlanayotgan USS Abraham Lincoln aviataşuvçi kemasi tomon yaqinlaşgan.
Aviataşuvçi kema Eronning janubiy qirğoqlaridan taxminan 500 mil uzoqlikda joylaşgan. AQŞ tomoni vaziyatni keskinlaştirmaslikka uringaniga qaramay, dron harakatini töxtatmagan va dron yöq qilingan, AQŞ harbiy xizmatçilari va texnikasi esa zarar körmagan.
Birinçi hodisadan bir neça soat ötib, keskinlik Hormuz böğoziga ham köçgan. Bu yerda Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi dengiz kuçlari ikki tezkor kater va bitta dron yordamida AQŞ bayroği ostida suzayotgan “ Stena Imperative” nomli tijorat neft tankeriga tahdid qilgan.
Xabarlarga köra, Eron kuçlari tankerga yaqinlaşib, uni uşlab qolişni rejalaştirgan.