Hindiston Eronning kemalarini qölga oldi
9-02-2026, 13:13
243 марта

Hindiston Eronning kemalarini qölga oldi
Hindiston AQŞ sanktsiyalari ostida bölgan va Eronning “soya floti” bilan boğliq deb hisoblanayotgan uçta tanker kemasini qölga oldi. Bu haqda “Times of India” xabar berdi.Malum qilinişiça, Arab dengizida noqonuniy neft taşiş bilan şuğullangan, AQŞ sanktsiyalariga tuşgan uçta tanker uşlab qolingan. Naşrlarning yozişiça, tahlilçilar uşbu tankerlarni Eron nefti va Eronning yaşirin (soya) flotiga aloqador deb baholamoqda.
Hindiston idorasi malumotiga köra, 6 fevral kuni puxta muvofiqlaştirilgan dengiz va havo amaliyoti davomida xalqaro miqyosdagi neft kontrabandasi tarmoği foş etilgan. Jinoyatçi guruh mojarolar bölayotgan hududlardan arzon neftni xalqaro suvlardagi yuk köçiriş punktlari orqali tankerlarga yuklab, qirğoqböyi davlatlariga boj tölamaslikka uringan.
Kemalar kuzatuv va malumotlar tahlili orqali aniqlangan. Şundan söng Hindiston harbiylari taxminan Mumbaydan 100 dengiz mili (185 km) ğarbda, Hindistonning hududiy suvlari taşqarisida ularni töxtatib, tekşiruv ötkazgan. Oçiq dengizda ekipajlar közdan keçirilgan, elektron malumotlar tahlili va dengizçilar sörovi orqali ularning faoliyat sxemasi hamda xalqaro vositaçilar tarmoği aniqlangan.
Gap Al Jafzia (Nikaragua bayroği ostida suzgan), Asphalt Star (Mali bayroği ostida) va Stellar Ruby (Eron bayroği ostida) tankerlariga borib taqaladi. OAV malumotiga köra, uşbu uçala kema ham AQŞ Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qiliş boşqarmasi sanktsiyalari röyxatiga kiritilgan. Tahlilçilarning takidlaşiça, tankerlar Eron neftini taşişda iştirokini yaşiriş uçun signallarni soxtalaştiriş va yolğon bayroqlardan foydalangan.
AQŞ rasmiylari bu tankerlarni hindistonlik kema egasi Jugvinder Singx Brarar bilan boğliq tarmoqqa aloqador deb hisoblaydi. AQŞ Moliya vazirligi versiyasiga köra, bunday kemalar neftni kema¬dan kema¬ga yuklaş va uning kelib çiqişini yaşiriş uçun qöllaniladi.
Qölga olinganidan söng barça uçta tanker Hindistonning ğarbiy sohilidagi portlardan biriga harbiy konvoy kuzatuvida yöl olgan.