Örta yer dengizida navbatdagi fojia: 53 migrant bedarak yöqoldi
9-02-2026, 16:59
100 марта

Örta yer dengizida navbatdagi fojia: 53 migrant bedarak yöqoldi
Liviya qirğoqlari yaqinida muhojirlarni olib ketayotgan rezina qayiq ağdarilib ketişi oqibatida 53 nafar kişi halok bölgani taxmin qilinmoqda. Bu haqda Xalqaro migratsiya taşkiloti (XMT) xabar berdi.Malum qilinişiça, qayiq joriy yilning 6 fevral kuni Liviyaning Zuvara şahri şimolida çökib ketgan. Unda jami 55 nafar migrant bölgan. Qidiruv-qutqaruv işlari davomida faqat Nigeriya fuqarosi bölgan ikki nafar ayol qutqarib qolingan.
Omon qolgan ayollardan birining aytişiça, uşbu fojiada turmuş örtoğini yöqotgan. Ikkinçi ayol esa ikki nafar farzandi halok bölganini malum qilgan.
Rasmiylarning bildirişiça, yaroqsiz holatda bölgan qayiq 5 fevral kuni keçasi Liviyaning Az-Zaviya şahridan yölga çiqqan va taxminan olti soat ötgaç ağdarilib ketgan.
Taşkilot malumotlariga köra, birgina yanvar oyining özida Örta yer dengizi hududida kamida 375 nafar migrant halok bölgan.