Ehtimoliy prezident sifatida körilgan Taşiyev nega kuçdan ketdi?
10-02-2026, 21:06
949 марта

Ehtimoliy prezident sifatida körilgan Taşiyev nega kuçdan ketdi?
2020 yildan bugunga qadar Qirğizistonda Milliy xavfsizlik davlat qömitasini boşqargan va navbatdagi prezident bölişi mumkinligi aytib kelinganQamçibek Taşiyev davlat idoralari örtasida bölinişning oldini oliş maqsadida barça lavozimlardan ozod etildi. Bu haqda Prezident Sadir Japarovning matbuot kotibi Askat Alagozov bayonot berdi.Askat Alagozovning izoh berişiça, Sadir Japarovning uşbu qarori davlat manfaatlari yölida, jamiyatda, jumladan, davlat tuzilmalari örtasida bölinişning oldini oliş va aksinça, birlikni mustahkamlaş maqsadida qabul qilingan.
Qamçibek Taşiyev 1968 yil 27 sentyabrda Jalolobod viloyati Suzak tumanining Barpi qişloğida tuğilgan. U 1992 yilda S.M.Kirov nomidagi Tomsk politexnika universitetini muhandis-kimyogar-texnolog mutaxassisligi böyiça, 1999 yilda esa J.Balasagin nomidagi Qirğiz milliy universitetini yurisprudentsiya mutaxassisligi böyiça tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1993-1998 yillarda “Meerim-Ay” işlab çiqariş firmasining direktori lavozimidan boşlagan. 1998 yil iyunidan 2005 yilgaça Jalolobod viloyati davlat mamuriyatining Tadbirkorlik va investitsiyalar departamenti, “Tomas” işlab çiqariş-tijorat firmasi, “Elet-Kenç” qişloq xöjaligi kooperativi, Qirğiziston Boş vaziri apparati hamda Bişkek şahri meriyasi Lenin tumani davlat mamuriyatida turli lavozimlarda işlagan.
2005-2007 yillarda Qirğiziston Respublikasi Jogorku Keneşi deputati, Yoqilği-energetika majmuasi va suv resurslari böyiça qömita raisi, 2007-2009 yillarda Favqulodda vaziyatlar vaziri, 2010-2013 yillarda yana Jogorku Keneş deputati bölgan.
2020 yil oktyabridan 2021 yil oktyabrigaça Qirğiziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. 2021 yil 13 oktyabrdan boşlab Vazirlar Mahkamasi raisining örinbosari – Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi lavozimiga tayinlangan edi.