Turkmaniston Rossiyada uşlangan amaldorining ozodligi uçun pul yubordi
10-02-2026, 21:45
97 марта

Turkmaniston Rossiyada uşlangan amaldorining ozodligi uçun pul yubordi
Turkmanistonning davlatga qaraşli “Demirýollary” kompaniyasi boş direktori Xidir Rahmonov va uning sevgilisi Rossiyada qölga olingani xabar qilingan edi. Malum bölişiça, Turkmaniston hukumati vakili va Rossiya Davlat dumasiga yaqin bölgan advokat narkotik kontrabandasi böyiça sudini kutayotgan Rahmonovni yaşirinça qamoqdan çiqarib, Turkmanistonga qaytarişga urinmoqda. Bu haqda “TurkmenNews” xabar berdi.Qayd etilişiça, u 2025 yil 4 oktyabrda Domodedovo aeroportida sintetik psixoaktiv modda bilan uşlangan. Aşxabodda Moskva reysiga çiqiş paytida Raxmanov va uning şerigi CIP-zal orqali ötgan. Uning buyumlarini tekşirmoqçi bölganida Rahmanov norozilik bildirgan. Oxirida bojxona xodimlariga qönğiroq kelib tuşgaç, uni tekşirmasdan ötkazib yuborişgan.
Xabarga köra, uni qamoqdan çiqarişda Turkmaniston Taşqi işlar vaziri Raşid Meredov iştirok etmoqda. Raxmanovni Rossiyada ozod qiliş uçun advokat Roman Kuçin jalb qilingan. Aynan şu advokat bu işda, ehtimol, “reşala” roli uçun jalb qilingan. Raxmanovning oilasi Kuçin orqali, u Moskva prokuraturasi va Rossiya Boş prokuraturasida (1997–2006 yillarda işlagan) hamda Rossiya Davlat dumasida katta aloqalarga ega ekanligi uçun ayblanuvçiga şartli jinoyat jazosi va vataniga deportatsiya qilinişiga erişişni umid qilmoqda.
Ammo Rossiya Jinoyat kodeksining 229.1-moddasi – giyohvand moddalar, psixotrop moddalar kontrabandasi – şartli jazoni nazarda tutmaydi. Bundan taşqari, Raxmanovga qöyilgan moddaning uçinçi qismi katta miqdorda kontrabanda qilişni nazarda tutadi, şu modda böyiça unga 10-20 yil qamoq va 1 million rublgaça jarima (taqriban 12,9 ming dollar) xavfi bor.
Manbalarning aytişiça, bu masalani norasmiy yöl bilan hal qiliş uçun Aşxaboddan diplomatik poçta orqali 3 million AQŞ dollari yuborilgan. “Reşala”ni izlaş bilan “Turkmenistan.ru” naşri boş muharriri Mixail Pereplesnin va Rossiyadagi Turkmaniston elçisi Esen Aydogdiyev şuğullangan. Bu masalani şaxsan Turkmaniston Taşqi işlar vaziri Raşid Meredov nazorat qilmoqda. Manbalar Raxmanovni Meredovning “hamyonlaridan” biri deb ham ataşmoqda.
Advokat Roman Kuçin “uni şartli muddat va deportatsiya uçun jalb qilişgan” degan iddaolarni “haqiqatga töğri kelmaydi” deb rad qilgan va boşqa izoh bermasligini bildirgan. Xidir Rahmonovning akasi Arkaç Rahmonov – Turkmaniston Prezidentining qöriqlaş xizmati ofitseri – ham ukasi haqidagi savollarga javob berişdan boş tortgan.
Malum bölişiça, 4 dekabrda Xidir Rahmonovning tergovdan oldingi qamoq muddati yana ikki oyga uzaytirilgan. U 2025 yil 6 oktyabrdan Rossiyadagi qamoqda saqlanmoqda. Sud uni kontrabanda işi böyiça tergov davrida uşlab turiş uçun qamoqqa olgan.