Indoneziya Ğazo sektoriga 8 ming nafar harbiy joylaştiradi
11-02-2026, 13:41
182 марта

Indoneziya Ğazo sektoriga 8 ming nafar harbiy joylaştiradi
2025 yil oxirida AQŞ vositaçiligida Ğazoda öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuv imzolangan. Indoneziya harbiylari mazkur kelişuvning ikkinçi bosqiçi doirasida yuborilişi rejalaştirilmoqda. Indoneziya armiyasi ştab boşliği, general Maruli Simanjuntak askarlar uçun maşğulotlar allaqaçon boşlanganini aytdi.
Yanvar oyida AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan elon qilingan “Tinçlik kengaşi” tuzilmasiga Indoneziya ham qöşilgan. Uşbu tuzilma BMT Xavfsizlik kengaşi mandati asosida Ğazoda Xalqaro barqarorlaştiriş kuçlarini şakllantirişni nazarda tutadi. Kengaş çegaralarni qöriqlaş, hududni demilitarizatsiya qiliş hamda HAMASni qurolsizlantiriş jarayoniga kömaklaşişi kerak. 19 fevral kuni Vaşingtonda “Tinçlik kengaşi”ning birinçi yiğilişini ötkaziş rejalaştirilgan.
Takidlanişiça, Indoneziya harbiylari Ğazoda, asosan, tibbiy va muhandislik vazifalarini bajaradi. Biroq qöşinlarni joylaştiriş va ularning aniq roli hozirça oçiqlanmagan.
Isroilning Kan teleradiokompaniyasi xabariga köra, Ğazoning janubida — Rafah va Xon Yunus örtasidagi hududda — Indoneziya armiyasi uçun bir neça ming askarga möljallangan kazarma qurişga yer ajratilgan.
Şu bilan birga, Turkiya va Pokiston ham öz qöşinlarini Ğazoga yuboriş imkoniyatini körib çiqmoqda. Biroq ular faqat tinçlikparvar missiya doirasida iştirok etişini va HAMASni qurolsizlantiriş jarayonida qatnaşmasligini bildirgan.
Indoneziyaning “Tinçlik kengaşi”ga qöşiliş qarori ayrim guruhlar tomonidan tanqid qilindi. Mamlakatda Isroilning Ğazoni bombardimon qilişida AQŞning roli sabab jamoatçilik noroziligi kuçaygan.
Biroq prezident Subianto Prabovo Indoneziya dunyodagi eng yirik musulmon davlati sifatida Ğazoni barqarorlaştirişga hissa qöşişi kerakligini takidladi. U Indoneziyaning kengaşdagi iştiroki Isroil-Falastin mojarosini hal etişga yordam berişini bildirdi.