Japarov Taşiyevni alohida qöriqlovga olişga buyruq berdi
12-02-2026, 08:24
296 марта

Japarov Taşiyevni alohida qöriqlovga olişga buyruq berdi
Istefoga çiqarilganiga qaramay, Qamçibek Taşiyevning davlat tomonidan qöriqlanadi. Bu haqda Prezident huzuridagi Davlat xavfsizlik xizmati raisi Sirğak Berdiqojoyev malum qildi.Berdiqojoyev ijtimoiy tarmoqlarda Qamçibek Taşiyevning xavfsizligi böyiça fuqarolar tomonidan bildirilayotgan xavotirlarga izoh bergan.
Milliy xavfsizlik davlat qömitasi matbuot markazining Sirğak Berdiqojoyevga tayanib malum qilişiça, bu masala tegişli davlat organlari tomonidan körib çiqilmoqda.
“Prezident Sadir Japarov tomonidan zarur topşiriqlar berildi. Qamçibek Taşiyev ilgari qöriqlanadigan şaxs bölgan va bundan keyin ham belgilangan tartibda şaxsiy qöriqlaş çoralari taminlanadi”, deydi xizmat rahbari.Ayni vaqtda Qamçibek Taşiyev Germaniyada bölib turibdi. U istefosi haqidagi xabarni öşa yerda eşitgan va hatto şaxsiy tarkib bilan xayrlaşib, ularga minnatdorçilik bildiriş imkoniyati berilmaganidan nolidi.