Ğarbliklar Uçinçi jahon uruşi boşlanişiga işonmoqda – OAV
14-02-2026, 10:17
278 марта

Ğarbliklar Uçinçi jahon uruşi boşlanişiga işonmoqda – OAV
Ğarb mamlakatlarida yaşovçilar Uçinçi jahon uruşining boşlaniş ehtimoli yuqori ekaniga işonmoqda. Bu haqda Public First kompaniyasining sönggi tadqiqotiga tayanib, “Politico” naşri xabar berdi.Sörovga köra, AQŞ, Kanada, Frantsiya va Buyuk Britaniya aholisi orasida keyingi beş yil içida Uçinçi jahon uruşi boşlanişi mumkin, degan fikr keng tarqalgan. Ayniqsa AQŞ (46 foiz) va Buyuk Britaniyada (43 foiz) xavotir yuqori. Germaniya aholisi esa yaqin yillarda global uruş ehtimoliga nisbatan ança şubha bilan qaramoqda.
Tadqiqot 6–9 fevral kunlari onlayn tarzda ötkazilgan bölib, unda jami 10 289 kişi, har bir mamlakatdan kamida 2 ming respondent iştirok etgan. Public First jamoatçilik fikri bölimi rahbari Seb Raydning aytişiça, bir yil içida Ğarb jamoatçiligi fikrining keskin özgarişi dunyo xavfsizligining beqarorlaşganini aks ettiradi.
Buyuk Britaniyada 2025 yilning mart oyida 30 foiz respondent yangi jahon uruşini ehtimolli deb hisoblagan bölsa, hozir bu körsatkiç 43 foizga yetgan. AQŞda esa bu raqam 38 foizdan 46 foizga oşgan. Şuningdek, AQŞ, Buyuk Britaniya, Frantsiya va Kanadadagi respondentlarning kamida uçdan bir qismi yaqin beş yil içida uruşda yadroviy qurol qöllanişi ehtimolini “ehtimolli” yoki “juda ehtimolli” deb baholagan.
Xavotirlar Rossiya–Ukraina mojarosi, şuningdek AQŞning Prezident Donald Tramp davridagi Eron, Suriya, Venesuela va Afrikadagi harbiy harakatlari bilan boğlanmoqda. Sörov natijalariga köra, Yevropada Rossiya tinçlik uçun asosiy tahdid sifatida köriladi. Kanadaliklar esa eng katta xavfni AQŞdan deb hisoblaydi. Frantsiya, Germaniya va Buyuk Britaniyada AQŞ ikkinçi, Xitoy esa uçinçi tahdid sifatida qayd etilgan.
Frantsiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Kanadada saylovçilarning aksariyati mudofaa xarajatlarini oşiriş kerak deb hisoblaydi.
Yevropa Ittifoqining yagona qömondonlik ostidagi doimiy armiyasini tuziş ğoyasi ham keng qöllab-quvvatlanmagan: Germaniyada 22 foiz, Frantsiyada 17 foiz respondent bu taşabbusni maqullagan. Majburiy harbiy xizmat esa eng köp Germaniya va Frantsiyada qöllab-quvvatlangan – respondentlarning qariyb yarmi bu fikrni yoqlagan.