Çilida suyuq gaz taşuvçi yuk maşinasi portlab ketdi. Qurbonlar bor
21-02-2026, 14:38
62 марта

Çilida suyuq gaz taşuvçi yuk maşinasi portlab ketdi. Qurbonlar bor
Çili poytaxti Santyagoda suyuq gaz taşuvçi yuk maşinasi ağdarilib ketişi oqibatida kuçli portlaş yuz berdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.Malum bölişiça, 19 fevral kuni Çilida suyuq gaz taşiyotgan yuk maşinasi avtomagistral va sanoat hududida ağdarilib ketgan va portlagan. Oqibatda kamida 4 kişi halok bölgan. Yana 17 kişi jarohat olgani aytilgan. Yuk maşinasi haydovçisi boşqaruvni yöqotib, avariyaga uçragani aytilgan. Rasmiylarning aytişiça, yuk maşinasi haydovçisi ham voqea joyida halok bölgan.
Qayd etilişiça, yuk maşinasi mahalliy gaz kompaniyasi “Gasco”ga tegişli bölgan.
Öt öçiruvçilarning sözlariga köra, portlaş taxminan 150 dan 200 metrgaça radiusda sezilgan va kamida 50 ta transport vositasiga zarar yetkazgan.
Prezident Gabriel Boricning aytişiça, portlaş oqibatida 3 ta biznes obektiga zarar yetgan. Ammo, hozirça keng kölamli zarar haqida heç qanday malumotlar yöq.