Putin allaqaçon Uçinçi jahon uruşini boşlagan – Zelenskiy
24-02-2026, 13:56
66 марта

Putin allaqaçon Uçinçi jahon uruşini boşlagan – Zelenskiy
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, allaqaçon Uçinçi jahon uruşini boşlagan. Bu fikrni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy BBC jurnalisti Jeremi Bouenga bergan intervyusida aytdi.Zelenskiyning sözlariga köra, masala Putin qay darajada hududlarni egallay olişida va uni qanday töxtatişdadir. Uning takidlaşiça, Rossiya “öz dunyosini olib keliş va odamlarga yoqadigan hayot tarzini özgartirişni” istaydi.
Zelenskiy yana bir bor Ukraina Rossiya talab qilayotgan hududiy yon berişlarga bormasligini aytgan. Uning fikriça, gap faqat yer masalasida emas, balki u yerda yaşayotgan yuz minglab odamlar taqdiri haqida ketmoqda. Bunday qaror jamiyatni bölib yuborişi mumkin.
Prezidentning aytişiça, hatto Rossiya talablari bajarilsa ham Putin töxtamaydi. Unga tiklaniş uçun tanaffus kerak, keyin esa u “davom ettirişni xohlaydi”. Zelenskiyga köra, tiklaniş uçun Rossiyaga bir neça yil kerak bölişi mumkin, Yevropa hamkorlari esa bu muddatni uç-beş yil deb baholamoqda.
Zelenskiy Ukraina yutqazmayotganini, çunki mamlakat mustaqillik uçun kuraşayotganini takidlagan. Uning sözlariga köra, ğalaba – odamlar öldirilişining töxtaşi va odatiy hayotga qaytişdir. Keng manoda esa, Putindan kelayotgan global tahdidni bartaraf etişdir.
Şuningdek, Zelenskiy Ukraina öz hududlarini qaytarib olişini, bu faqat vaqt masalasi ekanini aytgan. Biroq, hozir bunday harakat millionlab odamlar hayoti evaziga tuşişi mumkinligini urğulagan.
U yana Ukraina xavfsizlik kafolatlari bölgan taqdirda saylov ötkazişga tayyorligini bildirgan, ammo özi yana prezidentlikka nomzodini qöyiş-qöymasligini bilmasligini aytgan.