Kim Çen In yadro qurolining tepkisini 13 yaşar qiziga topşirdi
25-02-2026, 11:05
375 марта

Kim Çen In yadro qurolining tepkisini 13 yaşar qiziga topşirdi
Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In özining kiçik qizi Kim Çju Eni mamlakat Raketa mamuriyatida rahbarlik lavozimiga tayinladi. Uşbu mamuriyat Pxenyanning yadroviy va ballistik raketa dasturlarini nazorat qiladi. Bu haqda joriy yilning 23 fevral kuni “Çosun Daily” xabar berdi.Taxminan 13 yoşda ekani aytilayotgan Kim Çju E sönggi yillarda otasiga raketa sinovlari va harbiy tadbirlarda tez-tez hamrohlik qilmoqda. Kuzatuvçilar bu holat uning Kim Çen Inning ehtimoliy vorisi sifatida tayyorlanayotganidan dalolat berişi mumkinligini takidlamoqda. Bu esa Şimoliy Koreyada ananaviy ravişda erkak merosxörlar ustun bölgan sulolaviy tizim uçun noodatiy holat hisoblanadi.
Xabarlarga köra, Çju E generallardan körsatmalar olayotgani, ayrim holatlarda esa buyruqlar ham berayotgani aytilmoqda. Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati ham uni ehtimoliy merosxör sifatida baholagan va vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini bildirgan. Şu bilan birga, Kim Çen In Koreya Mehnat partiyasining boş kotibi etib yana qayta saylangandi. U bu lavozimni qariyb 15 yildan buyon egallab kelmoqda. Partiyaning töqqizinçi sezdida uning rahbarligi töliq qöllab-quvvatlangani takidlangan.
Tahlilçilarga köra, vorislik masalasida hali aniq qarorlar mavjud emas. Mamlakat içidagi siyosiy kuçlar muvozanati, jumladan Kim Çen Inning singlisi Kim Yo Jongning tasiri ham bu jarayonga tasir körsatişi mumkin.
Mazkur özgarişlar Koreya yarim orolidagi xavfsizlik vaziyatiga ham tasir körsatişi mumkin. Sönggi yillarda Şimoliy Koreyaning yadroviy va raketa dasturlari sababli Seul va Pxenyan örtasidagi munosabatlar keskinlaşgan.