Ayol benzin sepib özini yoqib yubordi
26-02-2026, 16:27
1 050 марта

Ayol benzin sepib özini yoqib yubordi
Keça, 25 fevral kuni Qirğizistonning Issiqköl viloyati Oq-Suy tumanida 41 yoşli ayol 17 yoşar qizi homilador bölib qolganini kötarolmay, özini yoqib yubordi. Bu haqda Issiqköl viloyati Içki işlar boşqarmasi malum qildi.Takidlanişiça, joriy yilning 25 fevral kuni Oq-Suy tumani IIBga 2009 yilda tuğilgan 17 yoşli qizning 16 haftalik homiladorligi haqida xabar kelib tuşgan. Şundan söng holat yuzasidan dastlabki tekşiruv işlari boşlangan.
Suriştiruv doirasida tergov xizmati tomonidan 17 yoşli qiz söroqqa çaqirilgan. Voyaga yetmagan qizning onasi 41 yoşli M.A. bu holatni isnod sifatida qabul qilib, “Qizim homilador bölib qoldi, endi odamlar köziga qanday qarayman?” deya qonuniy vakil sifatida tergov harakatlarida iştirok etişdan boş tortgan. Şu sababli söroq Oq-Suy tumanining Oila va bolalarni himoya qiliş bölimi xodimi huzurida ötkazilgan.
Şundan söng, 25 fevral kuni, taxminan soat 21:00 atrofida ona uyidan içimlik sotib olişga ketayotganini aytib çiqqan va öziga benzin sepib, yoqib yuborgan.
Ayol zudlik bilan Issiqköl viloyatining birlaşgan şifoxonasiga yetkazilgan. Biroq şunga qaramay, ayol olgan kuyiş jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Ayolning vafoti Oq-Suy tumani IIBda rasmiy qayd etilgan va sodir bölgan holatni aniqlaş uçun barça zarur tergov harakatlari olib borilmoqda.