Tramp tanqidçilarni deportatsiya bilan qörqitdi
27-02-2026, 20:16
66 марта

Tramp tanqidçilarni deportatsiya bilan qörqitdi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Kongressdagi murojaatidan söng “Truth social” tarmoğida keskin bayonot berib, ayrim tanqidçilarini deportatsiya qiliş kerakligini yozdi. U demokrat kongressmenlar Ilhan Umar va Raşida Tlaib, şuningdek, aktyor Robert DeNironi nişonga olgan. Bu haqda “Euronews” yozdi.
Oskar sovrindori De Niro murojaat oldidan ötgan muqobil tadbirda va telekanal efirida Tramp “hokimiyatni heç qaçon tark etmasligi mumkin” degan fikrni bildirib, amerikaliklar uni “çetlatişi şart”ligini aytgan. Bundan taşqari, mamlakatdagi siyosiy muhitni tanqid qilib, özini “vatani tomonidan xiyonatga uçragandek” his qilayotganini takidlagan.
Tramp esa javoban De Nironi haqoratli sözlar bilan atab, uning bayonotlari “jiddiy jinoyat” ekanini aytib, bir paytlar aktrisa RoziÖDonnell fuqaroligini bekor qiliş bilan tahdid qilganini ham eslatgan. Bu ayol qayta saylovdan keyin Irlandiyaga köçib ötgan. Manbaga köra, amerikaliklarning 61 foizi Tramp yoşi ötişi bilan “beqaror”laşgan deb hisoblaydi.
“The Waşington Post”, ABC News, “Ipsos” tadqiqoti esa uning faoliyatini maqullovçilar uluşi 39 foiz atrofida ekanini körsatgan. Oq uy bu raqamlarni “asossiz rivoyat” deya rad etmoqda.