Tramp uçinçi bor prezidentlikka nomzodini qöymoqçi
28-02-2026, 12:09
81 марта

Tramp uçinçi bor prezidentlikka nomzodini qöymoqçi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp yana bir muddatga prezidentlikka saylaniş imkoniyatini körib çiqayotganini takidladi. Bu haqda u bugun, 28 fevral kuni Texas ştatining Korpus Kristi şahrida ötkazilgan uçraşuv çoğida, tarafdorlari oldida sözlagan nutqida malum qildi.
Mitingda bir neça ming tarafdorlari oldida çiqiş qilgan Tramp uçinçi muddat masalasiga töxtalib, konstitutsiyadagi çeklovlarga qaramay, bunday imkoniyat borligini takidlagan.
“Balki biz yana bir muddatga saylanarmiz”, degan u yiğilganlarga murojaat qilar ekan.
Malumki, 1951 yilda qabul qilingan AQŞ Konstitutsiyasiga kiritilgan 22-tuzatişga köra, bir şaxs ikki martadan ortiq Prezident etib saylanişi mumkin emas. Uşbu tuzatiş Franklin Ruzvelt tört muddat Prezident bölganidan söng joriy etilgan bölib, prezidentlik vakolatini ikki muddat bilan çeklaydi.
Malumot uçun, Donald Tramp ilk bor 2017–2021 yillarda AQŞ Prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. U 2024 yil noyabr oyida bölib ötgan prezidentlik saylovlarida ğalaba qozonib, ikkinçi muddatga qayta saylangan edi.