Isroil hujumlari davomida Eron boş qömondoni yöq qilindi – OAV
28-02-2026, 13:34
94 марта

Isroil hujumlari davomida Eron boş qömondoni yöq qilindi – OAV
Bugun, 28 fevral kuni Isroil va AQŞning havo hujumlari davomida Eron armiyasi boş qömondoni Amir Xatamiy öldirildi. Bu haqda Isroil ommaviy axborot vositalari xabar berdi.Uşbu xabar hali tasdiqlanmagan, lekin ayrim malumotlar bu rostligiga işora beradi. Masalan, Isroilning hujumlari davlat idoralari yaqinida amalga oşirilgan.
Isroilning tezkor operatsiyasi
Bugun, 28 fevral kuni AQŞ Isroil bilan birgalikda Eron hududiga hujumlar uyuştirişni boşladi. Qatardagi AQŞ elçixonasi barça xodimlarga zudlik bilan xavfsiz joylarda boşpana izlaş buyruği bergan.
Eronning “Mehr” axborot agentligi Tehrondagi Eron razvedka binosiga hujum qilinganini davo qilmoqda.
Şuningdek,Air Haifa aviakompaniyasi Içki front qömondonligi körsatmalariga muvofiq bugungi barça reyslarni bekor qilgani haqida xabar berilgan.
Bundan taşqari, OAV Eron aholisiga tayanib, mamlakatning turli hududlarida tartibsizlik va vahima hukm surayotgani haqida xabar bermoqda.
OAVga köra, Isroil tomonidan start berilgan operatsiya “Ehuda qalqoni” deb nomlangan.