Eron Isroil va AQŞga yangi hujumlar boşlanganini elon qildi
1-03-2026, 13:19
401 марта

Eron Isroil va AQŞga yangi hujumlar boşlanganini elon qildi
Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi mamlakat Isroil va AQŞga qarşi yangi hujumlar boşlanganini malum qildi.Bayonotga köra, Eron Yaqin Şarqdagi 27 ta AQŞ harbiy bazasiga, şuningdek Isroil armiyasi boş qömondonligi joylaşgan ştab binosiga hamda Tel-Aviv şahridagi yirik mudofaa-sanoat majmuasiga zarba bergan.
Şuningdek, bayonotda Eron tomoni Isroil hududi va AQŞ bazalarida ogohlantiruvçi sirenalar tinmasligini takidlab, qarşi tomonga tegişli obekt va nişonlarga yanada kuçliroq hujumlar amalga oşirilişini bildirgan.
Qayd etiş joiz, Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi Islom Respublikasi Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning vafoti tasdiqlanganidan söng, mamlakat “Qurolli kuçlari tarixidagi eng şiddatli hujum operatsiyasi” boşlanganini malum qilgandi.