Eronga qarşi uruşda uç amerikalik halok böldi
2-03-2026, 10:19
148 марта

Eronga qarşi uruşda uç amerikalik halok böldi
AQŞning Eronga qarşi harbiy operatsiyasi davomida uç nafar amerikalik harbiy xizmatçi halok böldi, yana bir neça kişi yaralandi. Bu haqda AQŞ Markaziy qömondonligi malum qildi.Malumotga köra, mahalliy vaqt bilan soat 17:30 holatida uç nafar harbiy jangda halok bölgan, beş nafari oğir yaralangan. Yana bir neçta harbiy yengil jarohatlar va kontuziya olgan bölib, ular safga qaytmoqda. Halok bölganlarning yaqin qarindoşlariga bir sutka içida xabar berilişi aytilgan. Bayonotda takidlanişiça, yirik jangovar harakatlar davom etmoqda.
AQŞ Prezidenti Donald Tramp 28 fevral kuni mamlakat Eronga qarşi keng kölamli harbiy operatsiya boşlaganini elon qilgan edi. AQŞ bu operatsiyani “Epik ğazab” deb atadi. Tramp Eronni AQŞ va uning ittifoqçilariga qarşi “uzluksiz qonli kampaniya” olib borişda aybladi.
28 fevral kuni Isroil ham Eronning bir qator şaharlariga, jumladan Tehronga zarbalar bergan edi. Isroil öz operatsiyasini “Şer narasi” deb atagan. Javob hujumlari ehtimoli tufayli mamlakatda favqulodda holat rejimi joriy etilgan.
Tramp bombardimonlar Yaqin Şarqda tinçlik örnatilgunça davom etişini bildirgan.
Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy 28 fevral kuni ertalab AQŞ va Isroil operatsiyasi çoğida öz qarorgohida halok bölgani malum qilindi. Tramp uni tarixdagi eng yomon şaxslardan biri deb atab, uning ölimi “adolat” ekanini yozgan.