Xomanaiy qanday öldirildi?
3-03-2026, 14:56
841 марта

Xomanaiy qanday öldirildi?
Isroil Eronning Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy öldirilişidan oldin Tehrondagi yöl harakati kameralarini buzib kirgan va uning harakatlarini kuzatgan. Bu haqda “Financial Times” naşri xabar berdi.Malumotlarga köra, Isroil razvedkasi Xomanaiy va uning xavfsizlik xodimlarining kundalik faoliyatini örganib, safar yönalişlari, iş vaqti hamda u bilan doim birga yuradigan yuqori lavozimli şaxslarni kuzatgan. Töplangan katta hajmdagi malumotlarni tahlil qilişda suniy intellekt va maxsus algoritmlardan foydalanilgan.
Xabarda aytilişiça, AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi ham operatsiya kuni Xomanaining aniq joylaşuvini tasdiqlaş uçun bir qator manbalar orqali malumot taqdim etgan.
Hisobotga köra, hujum “Sparrow” raketalari yordamida amalga oşirilgan. Jami 30 ta raketa uçirilgan. Operatsiya davomida hududdagi uyali aloqa xizmatlari işdan çiqarilgan, oqibatda xavfsizlik xodimlarining telefonlari ogohlantiriş qönğiroqlarini qabul qila olmagan.