AQŞning uruşi 1 mln kişining “yostiğini quritdi”
6-03-2026, 15:38
45 марта

AQŞning uruşi 1 mln kişining “yostiğini quritdi”
Tadqiqotlarga köra, 2001 yil 11 sentyabrdan beri AQŞ tomonidan boşlangan harbiy amaliyotlar davomida qariyb 1 million kişi halok bölgan. Operatsiyalar çorak asr davomida dunyoning turli hududlarida olib borilgan. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.2001 yil 11 sentyabr kungi terrorçilik hujumlaridan söng Vaşington “terrorizmga qarşi global uruş” siyosatini boşladi. Şundan keyin AQŞ Afğoniston, Iroq, Yaman, Pokiston, Somali, Liviya, Suriya, Venesuela, Nigeriya va Eron hududlarida turli körinişdagi harbiy zarbalar va operatsiyalarni amalga oşirdi.
Mazkur harbiy amaliyotlar turli Prezidentlar davrida davom etgan. Ular Jorj Buş prezidentligi davrida boşlangan bölsa, keyinçalik Barak Obama va Donald Tramp mamuriyatlari davrida ham turli şakllarda davom ettirilgan. Operatsiyalar ayrim hududlarda töğridan-töğri harbiy aralaşuv, boşqa joylarda esa dron zarbalari yoki maxsus operatsiyalar orqali amalga oşirilgan.
Braun universiteti huzuridagi Watson xalqaro va jamoat işlari instituti hisob-kitoblariga köra, 2001 yildan buyon uşbu uruşlarga qariyb 5,8 trillion dollar sarflangan. Mutaxassislarning takidlaşiça, uruşlarda qatnaşgan harbiylar uçun keyingi yillardagi tibbiy xizmat va ijtimoiy taminot xarajatlari ham qöşilsa, umumiy summa 8 trillion dollargaça yetişi mumkin.
Şuningdek, universitetning tadqiqoti “Costs of War” malumotlariga köra, AQŞ boşçiligidagi uruşlar oqibatida taxminan 940 ming kişi halok bölgan. Bu raqamga faqat jangovar harakatlar, bombardimonlar va qurolli töqnaşuvlar oqibatida vafot etganlar kiritilgan.
Tadqiqotçilarning takidlaşiça, uruşlar sabab yuzaga kelgan oziq-ovqat tanqisligi, tibbiy xizmat yetişmasligi, kasalliklar va boşqa ijtimoiy muammolar tufayli yuzaga kelgan bilvosita ölimlar bu statistikaga kiritilmagan. Şu bois, halok bölganlarning soni bundan ham yuqori bölişi mumkin.